Mustaqil ish Mavzu: Jismoniy tarbiyadagi umumiy ma'lumotlar Somatoskopiya


Download 7.24 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi7.24 Kb.
#1735455
Bog'liq
1.2 Somatoskopiya


Mustaqil ish
Mavzu: Jismoniy tarbiyadagi umumiy ma'lumotlar Somatoskopiya (tashqi ko‘ruv)
Reja:
1.Jismoniy rivojlanganlikni baholash antropometriya
2.Funksional tayyorgarlikni baholash
3.Tayanch harakat tizimi qaddi qomat
4.Qaddi qomat buzilishi jismoniy mashqlarni qoʻllash
Jismoniy rivojlanish– isnson organizmini zahiradagi jismoniy kuchini, chidamliligini va ish qobiliyatini aniqlovchi morfologik va funksional belgilar yig‘indisidir. Somatoskopiya (tashqi ko‘ruv)– jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usuli bo‘lib,tibbiy ko‘rik birinchi bosqichi tashqi ko‘rishdan boshlanadi. Tana tuzilishi– tana qismlarini o‘zaro joylashish, o‘lchamlari, shakl tuzilishidir. Qaddi-qomat– insonni oyoqlari jipsalishib tik turgan erkin holatidir. Assimetriya – qaddi-qomatni baholashdagi buzilish sifati. Antropometriya– jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usullaridan biri bo‘lib,tana qismlarini o‘lchashdan iborat bo‘ladi.Antropometriya tana qismlarini o‘lchash bilan jismoniy rivojlanishni miqdoriy xarakteristikasini ko‘rsatadi. Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tananing bo‘yi va vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, mushaklar kuchi o‘lchanadi. Indeks usuli– jismoniy rivojlanishni baholash usuli, maxsus hisoblash formulalar orqali indekslar aniqlanishi bilan amalga oshiriladi. Antropometrik standartlar usuli– standartlar, ya'ni tekshiriluvchi guruh belgilarining o‘rtacha qiymatini ifodalaydi. Tekshiririluvchining antropometrik ko‘rsatkichlarini guruh standart o‘rtacha qiymatiga solishtirib, grafik tasviri antropometrik profili tuziladi. Korrelyasiya usuli– jismoniy rivojlanishni ko‘plab ko‘rsatkichlari: tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi va O‘TS bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi, shu bog‘liqlik darajasi korrelyasiya kofitsentida ifodalanadi. Yurak dilyatatsiyasi– jismoniy yuklamalar ta'sirida yurakning strukturasida va funksional holatida o‘zgarishlar kuzatiladi, yurakning qorincha va bo‘limmachalari kengayadi. Pulssoni – yurakning qisqarish soni . Sistolik hajm – bu sistola vaqtida yurakdan tomirga chiqarayotgan qon miqdori. Qonning minutlik hajmi (QMH) – bir minutda yurakdan o‘tadigan qon miqdori. Puls bosimi – maksimal va minimal qon bosimlari o‘rtasidagi farq. Nafasning minutlik hajmi – bir minutda o‘pkadan o‘tadigan havo hajmi. Nafas chuqurligi – nafas olgandagi havo hajmi Nafaslar soni – bir minutda olingan nafas soni. O‘pkaning tiriklik sig‘imi – chuqur nafas olganda o‘pkaga kiradigan havo hajmi. O‘pka ventilyasiyasi – bir minut davomida chuqur nafas olib chiqarganda o‘pkadan o‘tadigan havo hajmi (o‘pkaning mikoniyatm). Sinamalar (test)– organizmining tayyorgarligini ob'ektiv baholashga shifokor nazoratining kompleks analiz ma'lumotlari, apparatlar yordamida o‘tkazilgan tekshirish usullarining funksional sinamalar o‘tkaziladi.Sportchi organizmining umumiy va maxsus moslashuv imkoniyatlarini funksional sinamalar yordamida aniqlash mumkin. Jismoniy zo‘riqishli sinimalari– tekshiriluvchiga yuklama (zo‘riqishni) sinama qilib, u organizmni zo‘riqishga javob reaksiyasini analiz qilishga imkon beradi. Martine sinamasi – yurak-qon tomir tiziminining funksional holatini baholovchi bir bosqichli sinama, ya'ni yuklamalar bir marta (30 sekund davomida 20 marta to‘liq o‘tirib-turish) qo‘llaniladi. Sinamada yuklamadan keyin tiklanish davrida tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi stabillashishiga qarab, ko‘rsatkichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib, xulosa qilinadi va yuklamaga nisbatan organizm tomonidan beriladigan javob reaksiyalari aniqlanadi. Letunov sinamasi – yurak-qon tomir tiziminining funksional holatini baholovchi ko‘p bosqichli sinama.Sinamani bajarishda quyidagi 3 ta bosqich ketma-ketlikda qo‘llaniladi : 1. 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish. 2. 3 minutdan so‘ng turgan joyida 15 sekund davomida maksimal tempda yugurish. 3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida 180 qadam/min tezligida yugurish. Normatonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
Download 7.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling