Mustaqil ish Mavzu: Jismoniy tarbiyadagi umumiy ma'lumotlar


Download 16.46 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi16.46 Kb.
#204254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
wr

-puls ortadi (15 - 25%) ;-maksimal arterial bosim oshadi (25 – 30%) ;-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki pasayadi ;-puls bosimi ortadi ;-tiklanish vaqti 2,5 – 3 minut

Gipotonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda: -puls keskin ortadi ; -maksimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki qisman oshadi, ba'zida pasayadi ; -minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki oshadi ; -puls bosimi deyarli o‘zgarmaydi ;-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p

Gipertonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda: -puls keskin ortadi ; -maksimal arterial bosim keskin ortadi ; -minimal arterial bosim ortadi ; -puls bosimi ortadi ; -tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p.

Distonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda: -puls ortadi ; -maksimal arterial bosim ortadi ; -minimal arterial bosim “O” gacha pasayadi (“cheksiz tovush” fenomeni) ; -puls bosimi ortadi ; -tiklanish vaqti 5 minut va undak ko‘p

Agar tiklanish vaqti 2 minutgacha davom etsa, distonik reaksiyaning bu tipi fiziologik deb baholanadi. Maksimal arterial bosimining pog‘anasimon ko‘tarilish reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda: -puls keskin ortadi ; -maksimal arterial bosim pog‘anasimon ortadi, ya'ni tiklanish vaqtining 2- va 3-minutlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1-minutdagi ko‘rsatkich past bo‘ladi ; -minimal arterial bosim ortadi ; -puls bosimi ortadi ;-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p.

Shtange sinamasi – nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama bo‘lib, nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi. Gipooksik sinamalarga kiradi.

Gench sinamasi – nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama bo‘lib, nafas chiqariladi va nafas olmay turish vaqti belgilanadi. Serkin uch bosqichili kombinatsiyalangan sinamasi–nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinamasi: -nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi; -30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turiladi, nafas olib ushlanadi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;-1 minutdan so‘ng 1-bosqich qaytariladi. Rozental sinamasi - nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama, o‘pkaning tiriklik sig‘imi 5 marta ketma-ket 15 sekundli pauzalar bilan o‘lchanadi. Ortostatik va klinoortostatik sinamalari –vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalari bo‘lib, vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik bo‘limilarining tonusi baholashda qo‘laniladi. Garvard step testi – qadamlar usilida organizmning ish bajarish qobiliyatini va tiklanish jarayonlarini aniqlovchi, baholovchi test. RWC-170 sinamasi – organizmninng jismoniy ish qobilyatini yurak qisqarishlar chastotasi minutiga 170 ta bog‘langan holatda aniqlaydi. Shifokor pedagogik nazorat (ShPN)– bu vrach va sportchilar murabbiysi va pedagoklar bilan birgalikda o‘tkazadigan izlanish (kuzatuv) bo‘lib, jismoniy yuklamalarning sportchi organizmiga ta'siri baholanadi, sportchilar funksional tayyorligini tasavuri, sportchilarda jismoniy zo‘riqishdan keyingi noto‘liq tiklanish belgilari va toliqish yoki o‘ta charchashi aniqlanadi va o‘quv-shug‘ulanish jarayonini mukamalashtirishimiz imkonini beradi.


Download 16.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling