Mustaqil ish mavzu: Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubiyati


Maxsus chidamkorlikni rivojlantirish


Download 27.36 Kb.
bet6/8
Sana09.04.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1344773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6.JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USLUBIYATI 2

Maxsus chidamkorlikni rivojlantirish.
Maxsus chidamkorlik bu maxsus ishni berilgan vaqt oralig‘ida samarali bajarish qobiliyatidir. Basketbolchining maxsus chidam- korligi o‘yin malakalarini kuch va tezkorlik chidamkorligi jihatidan samarali bajarish bilan ifodalanadi. Maxsus chidamkorlikni o‘stirish 13-14 yoshdan boshlanishi maqsadga muvofiq. Mashqlar anaerob yo‘nalishida tanlanadi.
Sprint yugurish mashqlari masofasi 400-500 metrgacha (o‘g‘il bolalar) 200-300 metrgacha va (qizlar) bo‘lishi mumkin.
Yuklamalar qat’iy indivudiallashtirilgan tartibda beriladi. Tomir urishining ish oxirigacha 175-180 zarba/min bo‘lishi saqlanadi. Bajarish maksimal telikni 80-58% dam olish 45 sek dan 3-min gacha takrorlash soni 3-4 marotaba, urinishlar 2-3 marotaba, urinishlar oralig‘ida dam olish davomiyligi 5 - daqiqagacha bo‘ladi.
Sakrash chidamkorligini tarbiyalashda maksimal va sub- maksimal shiddatidagi mashqlar 1-3 daqiqa, takrorlash soni 4-6 marotaba, takrorlashlar oralig‘idagi dam olish 1-4 min tash etadi. Bunda quydagi sakrash turlaridan foydalanish mumkin: o‘tirib sakrash; “kenguru” holatida sakrash; sakrab uzatish, sakrab savatga to‘p tashlash og‘irliklar bilan (gantel, to‘ldirma, to‘p, qum to‘ldirilgan qopcha, og‘irlashtirilgan belbog‘ va nimchalar); chuqur- likka va balandlikka sakrashlar.
Chidamkorlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan mashqlar.
1. 15-20 sek davomida sakrashlar. Birinchi urinishda maksimal darajada ko‘p sakrash. Ikkinchi urinishda maksimal darajada baland- roq sakrash 4-5 seriyada 1-1,5 min davomida to‘xtovsiz sakrash. Ushbu mashqni arg‘imchoqlar bilan bajarish mumkin.
2. Past turish holatidan 1-1,5 min davomida turli yo‘nalishlardan harakatlanishlar. 3-4 seriyallardan 2-5 kilogramm og‘irliklar bilan.
3. Turli harakatlanishlar bilan estafetalar o‘tkazish.
4. Turli yo‘nalish va masofalarga “maksimum yugurishlar”.
5. 2x2, 3x3, 4x4 tarkibida o‘quv o‘yinlari. 6. Turdosh va ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar.



Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling