Mustaqil ish mavzu: Jurnalistik materialning janriga ko‘ra material yig‘ishning o‘ziga xosliklari Hazratqulov Samandar


Jurnalist materialini ilmiy-publitsistik tahlili (“Jahon adabiyoti” jurnali materiallari asosida)


Download 0.61 Mb.
bet2/2
Sana24.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1796684
1   2
Bog'liq
Jurnalistika assoslari 2

Jurnalist materialini ilmiy-publitsistik tahlili (“Jahon adabiyoti” jurnali materiallari asosida).
Jurnalistik mehnat, jurnalistik ijod, yozuvchilik ana shunday mas'uliyatli kasbdir. Jurnalist mehnatining mahsuli – ijodiy materialning ko'p jihatdan samarali chiqishini ta'minlovchi asosiy unsur ham ko'p jihatdan jurnalistning mehnatiga, qobiliyatiga bog'liq. Jurnalistik asarning ta'sirchanligini ta'minlashda asarning mazmuniy va shakliy ahamiyati, kompozitsion tuzilishi ham yetakchi rol o'ynaydi. Mazkur bobda jurnalistik asarning tuzilishi, shakl va mazmuni, kompozitsiyasi xususida fikr yuritamiz. Insonni tirik mavjudot sifatida borliqda mavjudligining mezoni sifatida tana va ruh tushunilganidek, ijodiy asarning asosini ana shunday yetakchi omillar – mazmun va shakl birligi tushuniladi. Ijodiy asarni qismlarga bo'lib o'rganishda dastavval mazmun va shakl hodisasini tadqiq etish lozim bo'ladi. Zero, har qanday predmet, hodisa, narsa – o'zining mazmuni va shakli mutanosibligida voqe bo'ladi va mavjudligini, bir butunligini namoyon etadi. Buning uchun jurnalist to'plagan barcha axborotlarni sinchikovlik bilan o'rganish talab etiladi. Belgilab qo'ygan qaydlarni har birini diqqat bilan o'qishi, o'qiganda ham shunchaki emas, tasavvur qilib o'qishi samara beradi. Chunki bu holda mavjud kadrlarni xayolan terish, montajni tasavvur qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu jarayonda kerakli faktlarni e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak bo'ladi. Axborot to'plash jarayonida ba'zan keragidan ortiq ko'p ma'lumotdarga ega bo'lish mumkin. To'plangan faktlar ba'zan, mavzuning bir necha qirralarni ochib beradi. Agar uning har bir qirrasi haqida bir lavha davomida to'xtalsa, mavzuning hech Bir jihati to'liq yoritilmaydi. Shuning uchun ham faktlarning asosiysini tanlay bilish muhim.
“Hozirgi zamon jurnalistikasi” kitobi mualliflari fikricha, mazmun asosida hamisha tasvirlash predmeti yotadi. Har gal jurnalist yuz berayotgan ijtimoiy voqea va hodisani soxtalashtirmay, bo'rttirmay va yolg'on-yashiq aralashtirmay yetkazishga da'vat etilgan. Biroq G.V. Kolosov fikricha, predmet va mazmunni ayni bir xillashtirmaslik lozim. Zero, “asarning mazmuni shunchaki tanlab olingan hodisa bilan birdek qilib qo'yilmaydi yoki biz ba'zan og'iz to'ldirib aytiladigan faktlar “hayotdan yulib olingan”, “yalang'och” faktlar kabi iboralardagidek, ularga hech nima qo'shilmagan va ulardan hech nima olib tashlanmagan, yolg'iz hayot, “g'aflatligida qo'lga tushgan” va gazeta sahifasida yoki teleekranda berilgan...”.
Mazkur holatda mazmun ob'ekt va sub'ekt nisbatida namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda, jurnalist asarining mazmuni jurnalist ijtimoiy hayotdagi faktlar, hodisalar va voqealarni tanlab, tasvirlashi natijasidir. Bu uning dunyoqarashi, tajribasi, ijtimoiy-siyosiy mo'ljali, jurnalist ijtimoiy yo'nalishi, u ishlayotgan nashr turi hamda uning materiali bag'ishlangan ommaviy auditoriyaga ko'p jihatdan bog'liq.
Juralistik asar mazmuni asosini doimo aks ettirish predmetidan tashkil etadi. Zero, jurnalist hamisha sodir bo'lgan ijtimoiy hodisa yoki voqeaning aniq mazmunini yetkazii kerak. Ammo mazmun va aks ettirish predmeti orasida farq mavjud. Asar mazmuni alohida olingan hodisani aytib berish va gazeta sahifalariga ko'chirish bilan cheklanmaydi. U obyekt va subyekt munosabatini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, jurnalist asarining mazmuni bu jurnalist tanlab olgan va aks ettirgan ijtimoiy hayotning fakt, voqea va hodisalari natijasidir. Bu natija fotografik ko'chirma emas, balki real voqelikning subyektiv hosilasidir. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, jurnalistika sohasida, jumladan, matbuot sohasida faoliyat yuritayotgan kishilarning mehnati hosilasi – tayyorlangan yozma mahsulot ham ijod – jurnalist ijodi hisoblanadi.
Jurnalistika asarida mazmun bir qator unsurlarni qamrab oladi. Turli hollarda ular turli-tuman tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, axborot janrlarida, avvalo, qaydlarda, shunday faktlar belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Aytaylik, korrespondentsiya, maqola, sharhlarda yolg'iz faktlargina emas, balki ularga bo'lgan muallif munosabati yetakchilik qiladi. Uchinchi holda mazmunda birinchi o'ringa g'oya, mavzu, muammo chiqadi.
Umuman olganda, jurnalistik asar yaratish, yozuvchilik, anchagina mashaqqatli soha hisoblanadi. Sifatli, o'qishli material yozish uchun, umuman shu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun jurnalist - yozuvchidan kattagina bilim bilan bir qatorda yuksak iqtidor ham talab qilinadi. Bu to'g'rida mamlakatimiz Prezidenti ham shunday e'tirof etgan edi: “Mening fikrimcha, yozuvchilik – bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste'doddir. Bu – qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qaerda o'qitib, o'rgatib bo'lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorulfununi ham bitta. U ham bo'lsa, bir umr hayotning ichida bo'lish, o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir”. Bevosita tahlilga o`tsak, jurnalistik material tahlili:
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling