Mustaqil ish Mavzu: Kalendar va ularning turlari. Qadimgi Sharq mamlakatlari kalendarlari reja


Download 13.65 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2023
Hajmi13.65 Kb.
#1297593
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish- Yordamchi tarix fani


Mustaqil ish
Mavzu:Kalendar va ularning turlari. Qadimgi Sharq mamlakatlari kalendarlari
REJA:
1.«Kalendar» atamasining paydo bo‘lishi. Zamonaviy kalendarlar
2.Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari.
3.Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari.
«Kalendar» atamasining paydo bo‘lishi. Zamonaviy kalendarlar
Kalendar (lot. calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. Kalendar so‘zi lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi. Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to‘laganlar va bu “kalenda”ga qayd qilib borilgan, qarzdorlar qarz foizlarini oyning birinchi kunida to‘laganlar.
Kalendar - kecha kunduzlar hisobi tizimidir. Sutka katta davrlarni o‘lchash uchun kichiklik qiladi. Qadimdan insoniyat katta vaqt oralig‘ini o‘lchash uchun sutkadan tashqari hafta, oy va yildan foydalanib kelganlar.
Vaqtning katta oraliqlarini o‘lchash birligi tabiiy yil- Yerning Quyosh atrofida bir marta to‘la aylanib chiqish davri qabul qilingan va u kalendar yili deb ataladi.
Quyosh, Oy, sayyoralarning koʻrinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, Oy fazalari va yil fasllarining davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi. K.ning paydo boʻlishi odamning xoʻjalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bogʻliq. Odamlar Quyoshning chiqib botishini kuzatib — kun, Oy oʻrogʻining avval kattalashib, soʻng kichrayishiga qarab — oy, yil fasllarining davomida Quyoshning ufqdan qanchalik koʻtarilishini kuzatib yil tushunchalariga kelishgan. Asta-sekin vaqtni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan soat, minut birliklari, mifologik anʼanalar asosida hafta tushunchasi kiritilgan. Vaqt hisobini toʻgʻri yuritish uchun dastlabki rasadxonalar qurilgan, quyosh soati oʻylab topilgan.Kalendar hisobining asosiy birligi — ysh. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga boʻlingan. Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa — mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi bilan bogʻliq. Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga boʻlishni murakkablashtiradi. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh kalendari (shamsiy taqvim), oy kalendar (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh kalendar (shamsiyqamariy taqvim) ishlab chiqilgan.

Download 13.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling