Mustaqil ish Mavzu: Kalendar va ularning turlari. Qadimgi Sharq mamlakatlari kalendarlari reja


Download 13.65 Kb.
bet2/2
Sana26.03.2023
Hajmi13.65 Kb.
#1297593
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish- Yordamchi tarix fani

Zamonaviy yil hisobi.Hozirda Iso payg'ambar tug'ilgan yil yangi yil hisobi uchun asos qilib olingan. Mana oradan 2007 yil o'tib bormoqda. Bu XXI asr demakdir. Iso tug'ilgan avvalgi yillarni «milloddan avval», undan keyingi yillarni «milodimizning» deb beramiz. Eramizdan awalgi sanalar kattadan kichikka, milodimiz sanalari esa kichikdan kattaga qarab sanalar hisoblanadi.Tarixda yil hisobi qanday yuritiladi. Misol keltiramiz ! Insonlar mil aw VIII ming yillikdan beri dehqonchilik bilan shug'ullanib kelmoqdalar. Xozir esa 2007 yil. Shunday ekan dehqonchilik paydo bo'Iganiga qancha bo'ldig’ Buni aniqlash uchun mil aw o'tgan 8 ming yilga, millodning 2 ming yilini qo'shamiz. Demak, dehqonchilik paydo bo'Iganiga 10 ming yil bo'lgan.
Musilmonlar hiiriy vil hisobi.Milodning 622 yilida (16 iyun) Muxammad payg'ambar (SAV) Makka shahridan Madinaga ko'chgan. (Arabcha ko'chib o'tish - hijrat deb atalgan).Hijriy yil hisobining o'zi 2 ga - hijriy qamariya (oy) va hijriy shamsiya (quyosh)ga bo'linadi. Qamariya oy yili bo'yicha yil hisobi milodning 622 yil 16 iyunidan boshlangan. Shu sana musulmon olamida 1 - yilning boshlanishi deb qabul qilingan. Hijriy yil 12 oydan iborat. Biroq, bu yil hisobida 1 oy 29,5 kundan, 1 yil esa, 354 kundan iborat. (biz amal qilayotgan yil hisobi esa 365-366 kundan iborat). Hijriy yil hisobida toq oylar 30 kun, juft oylar 29 kundan iborat. Biz amal qilayotgan yil hisobi bo'yicha farqlar 10-12 kunni tashkil qiladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida ibtidoiy bilimlargina bo’lgan paytda shamsiy (Quyosh) o’lchovlariga qaraganda qamariy (Oy) o’lchovlarini belgilash osonroq bo’lgan. Oyning aylanish davri Quyoshning aylanish davriga qaraganda 12,4 baravar qisqa, shu sababli Quyoshning ko’zga ko’rinadigan yillik harakatiga qaraganda Oyning aylanishi osonroq idrok etilgan va belgilangan.Quyoshning harakatini hamda u bilan bog’liq holda yil fasllarining (mavsum) o’zgarishini hisobga olmasdan, Oyning aylanishiga qarabgina vaqtni hisoblash faqat ibtidoiy odamlar yashagan sharoitda, ya’ni dehqonchilik ham, chorvachilik ham hali rivojlanmagan davrda qo’llanishi mumkin edi. Oyning turli fazalari navbatlashib turishiga asoslanib vaqtni shu tarzda hisoblash ibtidoiy odamlarning ba’zi bir ehtiyojlarini qondirgan: tungi ov va tungi ish davrlarini belgilash, dushman hujumini daf etish sharoitlarini aniqlash va shu kabilar uchun kifoya qilgan.Shuning uchun ham ko’pchilik qadimgi xalqlar orasida paydo bo’lgan kalendarlar avvaliga faqat Oyga qarab tuzilgan. Bunday kalendarlar qamariy kalendarlar bo’lib, ular qadimgi xalqlar dinida, ayniqsa sharq xalqlari dinlarida katta rol o’ynagan. Qamariy kalendar aholisi islom diniga e’tiqod qiluvchi ayrim sharq mamlakatlarida hozirgacha saqlanib qolgan.
Qamariy kalendar birinchi navbatda Oyning harakatiga, Oy fazalarining o’zgarishiga asoslangan bo’ladi va yil fasllariga mutlaqo aloqasi bo’lmaydi. Bunday kalendarning asosiy vazifasi vaqt hisobida kunlar bilan qamariy oyni bir-biriga muvofiqlashtirishdan iborat bo’ladi xolos.SHarq astranomlari Oyni o’rganishda, ayniqsa uning ikkita bir xil fazalari o’rtasidagi vaqtni aniqlashda katta yutuqlarga erishganlar. Bunday vaqtning, ya’ni Oyning Er atrofida Quyoshga nisbatan bir marta to’liq aylanib chiqish vaqti sinodik oy deyiladi. Sinodik oy davrining birmuncha aniqroq belgilanadigan payti uning oy boshiga (yangi oy) to’g’ri keladigan paytidir. Biroq oy boshini, yangi Oy tug’ilishini faqat Quyosh tutilgan paytlardagina aniq belgilash mumkin, lekin Quyoshning tutilishi juda kam kuzatiladigan hodisadir. SHuning uchun Oyning yangi oy fazasiga eng yaqin bo’lgan boshqa fazasini tanlab olishga, ya’ni yangi oy tug’ilganidan keyin uning ingichka o’roq shaklida birinchi marta ko’rinishini kuzatishga to’g’ri kelgan. Oyning harakatidagi, o’zgarishidagi bunday holatni qadimgi yunonlar neomeniya deb atashgan, biz uni shartli ravishda yosh Oy deb ataymiz.Ingichka o’roq shaklidagi yosh Oyni biz oqshom paytlarida botib ulgurmasidan bir necha minut ilgari ko’ra olamiz. Qamariy kalendar bo’yicha kalendar oytning boshlanishi deb yosh Oyning birinchi marta ko’ringan kunni hisoblashadi. YAngi oy tug’ilishidan yosh Oy ko’ringungacha (neomeniyagacha) o’tgan vaqtning qancha bo’lishi ham astronomik, ham ob-havo sharoitlariga bog’liqdir. Bu vaqt xronologiyada o’rtacha 36 soatga teng deb hisoblanadi.
Bir necha ming yillar muqaddam ikkita yosh Oy oralig’ida 29 yoki 30 kun o’tadi deb aniqlangan. SHuning uchun sinodik oyning uzunligi avvaliga 29,5 kundan iborat deb hisoblashgan va qamariy kalendar yilining oylari esa navbatma-navbat 29 va 30 kundan almashib turgan. Lekin har bir yangi qamariy oyning birinchi kuni osmonda yosh Oy birinchi marta ko’ringan kundan boshlanishi albatta shart bo’lgan.Vaqtning oyga nisbatan yirikroq birligiga bo’lgan ehtiyoj qamariy yilni keltirib chiqargan. Kamariy yil 12 qamariy oydan iborat bo’lib, u taxminan 354 kunga tengdir. Kalendarning barcha toq oylari 30 kundan, barcha juft oylari esa 29 kundan iborat bo’lgan. SHunday qilib, kamariy kalendar yili qamariy yil singari 354 kundan iborat bo’ladi (6 x 30 + 6 x 29 = 354).Biroq sinodik oy 29,5 kunga teng bo’lmay, balki 29,53059 kundan (yoki 29 kun 12 soat 44 minut 3 sekunddan) iboratdir. SHuning uchun oylarni 29 va 30 kundan hisoblaganda kalendar oyidagi 29,5 kundan ortiqcha vaqt asta-sekin to’planib borib, natijada u ham qamariy oyning, ham qamariy yilning boshlanishini - birinchi kunini Oyning yangi fazasidan (yoki neomeniya holatidan) uzoqlashtirib yuboradi. Bu xato 10 yilda deyarli 3,67 kunni tashkil etadi va yangi kalendar yilning yoki oyning boshlanishi yangi Oy tug’ilishidan ancha orqada qoladi. Bunday noqulaylikdan qutulish uchun kalendarni vaqti-vaqti bilan tuzatib turishga qaror qilingan. Buning ayrim qamariy yillarga qo’shimcha, 355-kun “berib turiladi”. Bunday yillarni shamsiy kalendarning 366 kunlik yillari singari kabisa yillari deb ataymiz. SHunga ko’ra qamariy kalendar yillari goh 354 kundan, goh 355 kundan iborat bo’ladi. SHu yo’l bilan oylar hamda qamariy yillarning boshlanishi osmonda yangi oy ko’ringan kunga to’g’ri kelishiga erishildi.Kabisa tizimini tanlash, ya’ni qaysi qamariy yillarni 355 kundan hisoblash zarurligini aniqlash kerak bo’ladi. Hozir ishlatilayotgan barcha qamariy kalendarlar 8 yillik davrga ega bo’lgan “turk tsikli”ga yoki 30 yillik davrga ega bo’lgan “arab tsikli”ga asoslanadi.
“Turk tsikli”ga asoslangan qamariy kalendar bo’yicha 354,36706 kunlik 8 ta qamariy yil taxminan 2835 kundan iborat bo’ladi. Lekin 354 kunlik 8 ta oddiy qamariy yil esa 2832 kunni tashkil qiladi xolos (ya’ni u 3 kuncha oz). SHunga ko’ra oradan 8 yil o’tgandan keyin qamariy kalendar yilining boshlanishi oy boshiga yoki hech bo’lmasa neomeniyaga to’g’ri kelishi uchun unga yana 3 kun qo’shish kerak bo’ladi. Buning uchun 8 yillik tsiklning 3 yilini 355 kundan iborat kabisa yili qilish kerak bo’ladi (354 x 5 + 355 x 3 = 2835). TSikl doirasida kabisa yillarining 2,5 va 7-yillarga to’g’ri kelishi ma’qul topilgan. CHunki har yil oxiridagi xatolik yarim kundan oshmasligi kerak.
“Arab tsikli”ga asoslangan qamariy kalendar bo’yicha 354, 36706 kunlik 30 ta qamariy yil taxminan 10631 kunni tashkil etadi. Biroq har biri 354 kun bo’lgan 30 ta oddiy qamariy yil esa 10620 kunga ega. SHuning uchun har 30 yilda oy boshi deyarli to’liq 11 kun kechikadi. Demak, 30 yillik tsiklning 11 yiliga bittadan kun vo’shish kerak bo’ladi. Unda bu tsiklning 19 ta oddiy yili 354 kunga va 11 ta kabisa yili 355 kunga ega bo’ladi.Bu kalendar tsiklida ham qaysi yillarni kabisa yili deb hisoblash masalasida “turk tsikli”dagi kabisa yillarni aniqlash qoidasiga amal qilingan: agar tsikl boshida xatolikni nulga teng deb hisoblansa, har kalendar yilining oxiridagi xatolik 0,5 kundan oshmasligi kerak. SHuning uchun bu 30 yillik tsikl ichida 2,5,7,10, 13,16,18,21,24,26 va 29-yillarni kabisa yili deb hisoblash ma’qul topilgan. Kabisa yillarini yuqoridagi tartibda belgilashda, shuningdek har kalendar oyining 1-kuni va yangi yilning boshlanishi neomeniyaga, ya’ni osmonda yangi oyning birinchi ko’rinish kuniga to’g’ri kelish qoidasiga ham albatta rioya qilinadi.“Arab sikli”ning qo’llanilishi natijasida sanalarning Oy fazalari bo’yicha surilishi 2,6 ming qamariy yil davomida bir sutkadan oshmaydi.8 yillik siklga ega bo’lgan “turk sikli”ning aniqligi kamroq. Bu tsiklda Oy fazalariga nisbatan bir sutkalik tafovut 126 kalendar yil davomida to’planadi.Bir qamariy yilni taxminan 29,530588 x 12 = 354,36706 sutka tashkil etadi, shamsiy yil esa 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekunddan iborat. Demak, qamariy kalendar yili tropik yildan 10-12 kun (o’rtacha 11 kun) qisqadir (10,875139 sutka qisqa). Qamariy vaqtning yangi oy tug’ilgan kuni va boshqa sanalari har yili shamsiy yil fasllariga shuncha nisbatga teng miqdorda oldinga surilib turadi. Oy vaqti sanalarining fasllarga nisbatan to’la aylanib chiqib, yana ularga to’g’ri kelishi taxminan 33,6 yilda ro’y beradi.
Qamariy kalendarlar singari qamariy-shamsiy kalendarlar ham qadimgi zamonda, ammo qamariy kalendarlardan keyinroq vujudga kelgan. Qishloq xo’jaligi rivojlanishi bilan qamariy kalendar kishilarning amaliy ehtiyojlarini qondirolmay qoldi. Hayot kalendarni mavsumiy hodisalarni hisobga olish uchun moslashtirishni talab qildi. Ammo shamsiy yilning uzunligi haqida aniq ma’lumotlar bo’lmaganidan, shuningdek vaqtni qamariy hisobi an’ana va odat tusiga kirib qolganligidan qamariy oylardan voz kechib bo’lmadi. Qamariy yilni shamsiy yilga aylantirish yoki hech bo’lmasa unga yaqinlashtirish, ya’ni uzaytirish kerak edi.SHamsiy yilda qamariy oylar kasrli miqdorni tashkil etadi (taxminan 12,4). Kasrdan qutulish uchun bir necha yilda bir marta butun bir qamariy oy qo’shilib, qamariy yillar uzunligi shamsiy yillar uzunligiga etkaziladi. Bunday uzaytirilgan yilda 13 ta qamariy oy bo’ladi. Qamariy-shamsiy kalendarning asosiy g’oyasi ana shunday moslashtirishdan iborat edi. Shu tarzda, bu kalendar qamariy oylarni shamsiy yillar bilan qo’shishdan iborat bo’ldi.Natijada qamariy kalendarlarda sanalarning fasllar bo’yicha surilishi keskin qisqardi. Ayrim yillarda bu tafovut kattalashar, boshqa yillarda esa ularni o’rni tamomila to’ldirilmasa ham, har holda o’sha davr uchun amalda kifoya qiladigan darajaga keltirilar edi. Kalendar yili qamariy oylardan iborat bo’lsa ham, o’rta hisobda shamsiy yilga yaqinlashib qoldi. Bunday kalendar qishloq xo’jalik va boshqa mavsumiy ishlar ehtiyojini ma’lum darajada qondira olar edi.Ko'p xalqlarda dunyoning ayollik, o'g'itlash tamoyilini aks ettiruvchi sovuq tun Oy va uning kunduzgi antipodi, yorqin, kuydiruvchi Quyosh nafaqat tabiat hodisalari ritmini va inson tanasining bioritmlarini belgilab beruvchi asosiy yoritgichlardir. Qadimgi insonning ma'naviy olamida ham ko'p narsa uning uchun sehrli va muqaddas ma'noga ega edi. Qadimgi Xitoyning kosmologik tushunchalari ham shunday qarashlar bilan sug'orilgan. Quyosh va Oydan keyin Qadimgi Sharq astronomlarini ayniqsa quyosh tizimining gigant sayyoralari Yupiter va Saturn qiziqtirgan. Bu siklik taqvimning xitoylik tuzuvchilarini Yer va ushbu to'rtta sayyora - Oy, Quyosh, Yupiter va Saturnning astronomik tsikllarini bog'lashga harakat qilishga undadi. Bunday izlanishlar natijasida tug'ilgan oltmish yillik tsiklik taqvim xronologik tizim bo'lib, tsiklning asosi Saturnning ikki inqilob vaqti - 60 yil hisoblanadi. Shu bilan birga, Yupiter beshta inqilob qiladi. Aynan shu raqamlar tanlovi tasodifiy emas, chunki qadimgi Xitoy tabiat falsafasidagi "besh" raqami tabiatning "beshta asosiy elementi" ni (elementini) anglatadi. Umuman olganda, ushbu taqvimning barcha ramziyligi yagona ramziy tizimning bir qismi bo'lib, u o'sha paytda xitoyliklar hayotining barcha jabhalariga tom ma'noda kirib borgan va uning dunyoni va o'zini dunyodagi qarashlari va idrokining mohiyatini aks ettirgan. Qadimgi Xitoy natural falsafasining markazida hayotning cheksiz o'zgarishlar zanjiri sifatidagi g'oyasi yotadi, bu erda ikki tamoyil uzluksiz harakatda o'zaro ta'sir qiladi - faol erkak kuchi Yang va passiv ayol kuchi Yin - tabiatning ikkita kuchi, uning Otasi va Hayotni birgalikda yaratgan ona. Va, aftidan, Yangni ijobiy boshlanish, Yinni esa salbiy deb aytish noto'g'ri bo'lar edi, chunki esda tutish kerakki, Osmon (Yang) va Yer (Yin), Yer-Ona, Yer-hamshira ko'rinadigan timsol sifatida qabul qilingan. bu fikrdan. Qadimgi Xitoy o'zgarishlar kitobida (I Ching) shunday deyilgan: Yin va Yang umumiy xususiyatlarga ega, ammo yumshoq va qattiq o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu Osmon va Yerning ijodiy mohiyatidir“. Ular bir vaqtning o'zida bir xil va qarama-qarshidir. Yorqin tasvir Osmon va Yerning ijodiy impulsda birlashishi - bahorgi momaqaldiroq. Ammo Yin va Yang, Osmon va Yerning birligi yagonalik va ko'plikning uyg'unligidir. Osmon yagona va ayni paytda cheksizdir. Yer ko'p va cheklidir. Osmon va Yerning birlashishi tasviri juda sig'imli. U, shuningdek, Ruh va Tan, Yashirin va Ochiq ikkilikning timsolidir.
Download 13.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling