2-mavzu. Oziq-ovqat tarkibidagi suv va uning kimyoviy tavsifi reja


Download 0.96 Mb.
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441228
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-MAVZU. Oziq-ovqat tarkibidagi suv va uning kimyoviy tavsifi


2-mavzu.
OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI SUV VA UNING KIMYOVIY TAVSIFI
Reja:

  1. Oziq-ovqat tarkibidagi suvning kimyoviy tavsifi.

  2. Oziq-ovqat tarkibidagi suvning agregat xolatlari va kimyoviy tavsifi.

  3. Suvni oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga ta’siri. Suv aktivligi.

Suvning inson organizmi uchun ahamiyati
Suv – haYot manbaidir. Inson tanasining 2/3 qismi suvdan tashkil topgan. Masalan suvning miqdori qonda - 83 %, miyada - 75 %, muskullarda – 75 %, terida - 72 %, suyaklarda – 22 % bo’ladi. Hayvonlar organizmini 70 % ni suv tashkil topgan. Inson suvsiz 2 sutkadan ortiq yasholmaydi, ovqatsiz esa bir necha hafta yashashi mumkin.
Suv - bu kishi hayoti uchun eng kerakli modda va hamma ma‘lum minerallardan eng qiziq mineraldir. Kishining hayotini suvsiz tasvirlab bo’lmaydi. Agar inson ovqatsiz uzoqroq (davolovchi parhez paytida 1 oygacha va undan ko’proq) yashay olsa, suvsiz esa 4-5 sutkadan ortiq yashay olmaydi. O’rtacha kishi organizmida 65% gacha suv bor. Lekin yillar o’tishi bilan uning miqdori kamayadi. Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloq tanasida 70% suv bo’lsa, qari kishining tanasida esa bu 60% ni tashkil qiladi.
Suv hayot manbai deb hisoblanadi, chunki hayotdagi hamma jarayonlar suv ishtirokida sodir bo’ladi. Suv – bu tirik organizimlardagi hayot jarayonlarining faolligini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Inson organizmida suvning yetishmasligi qonning yuqori qovushqoqligiga, me‘yordan ortiqcha bo’lishi - organizmlardan tuzlarni kuchaytirilgan ravishda yuvishga, yurak va buyraklarning zo’riqishiga olib keladi. Suvni ortiqcha iste‘mol qilganda oqsillarning tez parchalanishi sodir bo’ladi. 20% suvning Yo’qolishi kishining halok bo’lishiga olib keladi, chunki inson yuragi quyuqlashgan qonni tomirlarda yurgiza olmaydi.
Suv insonning barcha organlari va to’qimalari tarkibiga kiradi. Masalan, u hujayra protoplazmasini 80% ni, bosh miyaning 85% ni tashkil qiladi. Odam muskul to’qimalari 76% suvdan iborat. Suv bu muhit bo’lib, unda organizmning hamma asosiy jarayonlari - qon aylanish, nafas olish, ovqatni hazm qilish va hokazolar uchun xizmat qiladi. Bir sutkada inson 1,75-2,20 litr suv iste‘mol qiladi: u ovqat (0,7 l), ichimliklar (0,8-1,0 l) sho’rvalar (0,25-1 l) ko’rinishida organizmga tushadi.
Organizmini suv bilan ta‘minlash - bu inson hayotining asosiy manbaidir. Inson ovqatsiz suvsizlikka nisbatan uzoqroq yashashi mumkin. Suv miqdori oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga, mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarning faolligiga, saqlanuvchanligiga ta‘sir qiladi. Suv massasi ulushining ortib borishi bilan tez buziladigan mahsulotlar konservalashsiz uzoq muddatda saqlanmaydi.
Organizmda kimyoviy toza suv Yo’q. Unda ko’p moddalar: oqsillar, qand, vitamin va mineral moddalar erigan holda bo’ladi. Suvning almashinuviga mineral moddalar katta ta‘sir etadi. Ularning kontsentratsiyasi va nisbati osmotik bosimni, organizmning suyuqliklari va to’qimalaridagi suvning taqsimlanishini belgilaydi. Bunga kolloidlarning fizik-kimyoviy holati, birinchi navbatda oqsillar, fermentlar, binobarin, ularning funktsional faolligi bog’liq.
Suv-tuz muvozanati ichki muhitda barcha parametrlarini doimiyligini saqlashda, hamda ko’plab fiziologik mexanizmlar neyrogomoral, ovqatni hazm qilish, ajratish va boshqa sistemalar faoliyatida muhim o’rin tutadi.
Ularning faoliyati tashnalikni sezish bilan bog’liq bo’lib, organizmning markaziy asab sistemasiga suvning yetishmasligi haqida xabar beradi.
Asosan, tabiiy va Yolg’on tashnalik (chanqoqlik) mavjud.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling