4. Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi. - Kislotalar. Suvda eriydigan barcha kislotalar dissotsiatsiyalanadi. Bunda vodorod ioni bilan kislota qoldig‘i ioni hosil bo‘ladi:
- HBr H+ +Br–
- HNO3 H+ +NO3 –
- Ko‘p negizli kislotalar bosqichli dissotsiatsiyalanadi: Birinchi bosqich: Ikkinchi bosqich:
- H2 SO4 H+ +HSO4 –
- HSO4 – H+ +SO4 2–
- Kislotalarning umumiy xossalari, ya’ni nordon mazaga ega bo‘lishi, indikatorlar rangini o‘zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga
- kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Shunga ko‘ra kislotalar uchun quyidagicha ta’rif beriladi.
- Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan
- murakkab moddalarga kislotalar deb aytiladi.
- Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metall kationiga (ammoniy gidroksidi NH4 + ioniga) va gidroksid anioniga (OH–) ajraladi.
- NaOH Na+ +OH–
- Ca(OH)2 Ca2+ +2OH– S
. - Uvda eriydigan asoslar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy xossalar indikator rangini o‘zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan OH– ionlari tufaylidir.
- Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH–) hosil qiladigan murakkab moddalarga asoslar deb aytiladi.
- Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH4 +) ga va kislota qoldig‘i anioniga ajraladi:
- NaNO3 Na+ + NO3 – ,
- K2 SO4 2K+ + SO4 2–
- Al 2 (SO4 )3 2Al 3+ + 3SO4 2–
- Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda esa kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo‘ladi:
- NaHSO4 Na+ + HSO4 –
- HSO4 – H++SO4 2–
- Tuzlar dissotsiatsiyalanganda, tuzlar uchun umumiy ion hosil bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra tuzlar uchun umumiy xossalar ham yo‘q.
- Dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota qoldig‘i anioni nordon tuzlarda vodorod kationi ham hosil qiladigan murakkab moddalarga tuzlar deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |