Mustaqil ish Bajaridi: Xasanov O. REJA: - Kirish
- Kislota, asos va tuzlarning nazariyasi, tarixiy rivojlanishi.
- Kislota-asos tizimidagi muvozanatlarga massalar ta'siriy qonunini qo`llanishi va analitik kimyodagi axamiyati.
- Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi.
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kirish - Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi yordamida kislota, asos va tuzlarga ta’rif beriladi hamda xossalari bayon qilinadi. Dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod kationlari hosil bo‘ladigan elektrolitlar kislotalar deyiladi.
- Kislotaning asosligini dissotsilanganda hosil bo'ladigan vodorod kationlarining soni bilan aniqlanadi. Masalan, HC1, HN03
- Ko'p asosli kislota, asosan, birinchi bosqich bo'yicha, kamroq ikkinchi bosqich bo'yicha va juda oz darajada uchinchi bosqich bo'yicha dissotsilanadi. Shuning uchun, masalani fosfat kislotaning suvdagi eritmasida H3P04 molekulalari bilan birga asta-sekin kamayib boradigan miqdorlarda H2P04, HP04 vа P04 ionlari ham bo'ladi.
- Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil bo‘ladigan elektronlar asoslar deyiladi. Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi. Ular ko'p emas.Bular ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslaridir: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH va Ca(OH)2, Sr(OH)2,Ba(OH)2, Ra(OH)2, shuningdek NH4OH. Asoslarning ko'pchiligi suvda kam eriydi.
- Asoslarning kislotaliligi ularning gidroksil gruppalari (gidrok-sogruppalari) soni bilan aniqlanadi. Masalan, NH4OH — bir kislotali asos, Ca(OH)2 — ikki kislotali, xFe(OH)3 — uch kislotali va hokazolar. Ikki va ko'p kislotali asoslar bosqich bilan dissotsilanadi:
- Lekin dissotsilanganda bir vaqtning o'zida vodorod kationlarini va gidroksid-ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar ham bor. Bunday elektrolitlar amfoter elektrolit yoki qisqacha amfolitlar deyiladi.
- Dissotsilanganida metallarning kationlari, shuningdek ammoniy kation NH+4 va kislota qoldiqlarining anionlari hosil bo'ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |