Mustaqil ish Mavzu: Ko`chish va yo`l. To`gri chiziqli tekis harakat. Tekis tezlanuvchan harakat. Tezlanish. Bajardi


Download 0.96 Mb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1493513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- mavzu

Tekis tezlanuvchan harakat.

Tezlanish nima?


Koʻchish va tezlik bilan taqqoslaganda, tezlanish harakat oʻzgaruvchilari orasida gʻazablangan olov purkovchi ajdaho kabidir. U zoʻravon boʻlishi mumkin; baʼzi odamlar undan qoʻrqishadi; agar u katta boʻlsa, siz uni eʼtiborga olishga majbursiz. Yerdan koʻtarilayotgan samolyotda oʻtirganingizda, mashinada tormozni qattiq bosganingizda yoki kartda (kichik poyga mashinasi) yuqori tezlikda burilganingizda sezadiganingiz aynan tezlanishdir.
Tezlanish bu tezlik oʻzgaradigan har qanday jarayonga beriladigan nom. Tezlik harakatning tezkorligi va yoʻnalishini xarakterlagani sababli siz faqat ikkita usul orqali tezlanish olishingiz mumkin: harakat tezligining kattaligi yoki yoʻnalishni (yoki ikkalasini) oʻzgartirib.

Agar siz tezligingiz kattaligini va yoʻnalishingizni oʻzgartirmasangiz, u holda siz qanchalik tez yurishingizdan qatʼi nazar, tezlasha olmaysiz. Shunday qilib, oʻzgarmas tezlikda soatiga 800 mil tezlikda toʻgʻri chiziq boʻylab harakatlanayotgan reaktiv samolyot nol tezlanishga ega, garchi samolyot juda katta tezlikda harakat qilsa ham, tezlik oʻzgarmaydi. Samolyot yerga tushib, tezda toʻxtab qolsa, u tezlanishga ega, chunki u sekinlashmoqda.
Bu haqda quyidagicha oʻylash ham mumkin. Avtomobilda siz gaz yoki tormozni bosib tezlanishga ega boʻlishingiz mumkin, chunki har ikkala holat ham tezlikning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Lekin siz rul yordamida burilishingiz ham mumkin, bu sizning harakat yoʻnalishingizni oʻzgartiradi. Bularning har biri tezlikni oʻzgartirgani sababli tezlanish hisoblanadi. 

Tezlanish formulasi qanday?


Aniqroq qilib aytganda, tezlanish bu tezlikning vaqt birligida oʻzgarishidir.

Yuqoridagi formulaga koʻra tezlanish aa, boshlangʻich va oxirgi tezliklar oʻrtasidagi farqning,  vf​−vi​v, tezlikning vi​, ga oʻzgarishiga ketgan vaqt Δtdelta, t ga nisbatiga teng. 
Tezlanishning birligi m/ssm/s​ ekanini inobatga olib, uni ms2s2m​ koʻrinishida ham yozishimiz mumkin. Chunki tezlanish bizga tezlik har sekundda necha metr/sekundga oʻzgarayotgani haqida maʼlumot beradi. Agar siz atvf​−vi​​, t, end fraction formuladan vf​v, ni topsangiz, siz ushbu formulani juda ham foydali quyidagi koʻrinishini hosil qilasiz.
vf​=vi​+aΔt
Bu formula sizga oʻzgarmas aa tezlanish bilan Δtdelta, t vaqt harakat qilgan jismning oxirgi tezligini topish imkonini beradi.

3/2



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling