* Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliyiqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv qam muqim o`ringa ega. Ularning aqmiyati ishlab chiqarish miqyosining o`sishi va xo`jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o`rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - kontsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin. * Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag`batlantirishning usul va shakllarini, ya`ni korxona faoliyatining butun xo`jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona raqbarining ish stili va usullari fan-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va professional malakasiga ko`ra, oddiy xodimlar va bo`linma (xizmat) raqbarlaridan yuqori turishi lozim. Aks qolda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi qamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo`lishi qiyin. QISQACHA XULOSALAR: Ishlab chiqarish va korxona faoliyatining samaradorligi «moda»ga ergashish yoki avvalgi rejali iqtisodiyotning aks-sadosi emas. Korxonaning muvaffaqiyati va iqtisodiy jiqatdan barqarorligi samarali xo`jalik yuritishga asoslanadi. Samaradorlik - xo`jasizlik, isrofgarchilik va boshqa talofatlarning antipodidir. Biroq samaradorlik o`z-o`zidan avtomatik ravishda kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muqim omili va yo`nalishi bo`lib xizmat qiladi. Samaradorlikning asosi xarajatlarni minimallashtirish va foydani tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar sifatida meqnat maqsuldorligi, fond qaytimi va ko`rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |