- Suv transporti — transportning asosiy turlaridan biri; tabiiy va sunʼiy
- (kanal, suv ombori va boshqalar) suv havzalari orqali yuk va yoʻlovchi tashiydi.
- Vazifasiga koʻra, bir qancha davlatlar oʻrtasida tashqi savdo aloqalarida yuktashishga
- xizmat qiluvchi magistral daryo yoʻllarida (Dunay,Oder,Reyn,Amur,Paragvay),
- mamlakat ichida yirik mintaqalararo (Yanszi, Volga, Missisipi), ichki hududiy
- aloqalarga xizmat koʻrsatadigan mahalliy (hudud ichida) Daryo transporti turlari mavjud. Daryo
- transporti kemalari foydalanish maqsadlariga koʻra transport, texnik va yordamchi kemalariga boʻlinadi.
Avtomobil transporti Avtomobil transporti -yuk va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashishga mo‘ljallangan transport turi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng foydalaniladi. Shuningdek shaxsiy foydalanishdagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ham mavjud . Avtomobillarning har qanday yo‘llarda yura olishi, yo‘lni tez o‘zgartira olishi, yuk ortish va tushirish joylariga bevosita bora olishi, yuk hamda yo‘lovchilarni bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkazmay tashishga imkon beradi. Natijada yo‘lovchi va yuk tashish tezlashadi. Temir yo’l transporti Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqqiyoti bilan bogʻliq. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi. Quvurlada tashish Quvur tarmoqlari transport tizimining ajralmas qismidir. Ularning asosiy maqsadi xom neft va suyuq neft mahsulotlarini tashishdir. Neftdan tashqari, quvurlar tabiiy gaz va suyuq kimyoviy moddalarni ham tashiydi. Ushbu transport turi boshqa barcha transport turlariga nisbatan noyob xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |