Mustaqil ish mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishi olib borishning nazraiy asoslari


yilida – “Tanishuv”,  “O‘yinchoqlar bilan harakat”


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1720190
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHI OLIB BORISHNING NAZRAIY ASOSLARI

 
yilida – “Tanishuv”, 
“O‘yinchoqlar bilan harakat”,
 
“O‘yinchoqlar”, “Bosh kiyim va poyabzal”, “Oila”, 
“Ranglar”,
 
“Hayvonlar va parrandalar”, “Birdan o‘ngacha sanoq”, “Meva va 
sabzavotlar”, “Idishlar”, “Oziq-ovqatlar”; ikkinchi o‘quv yilida – “Tana qismlari”, 
“Bizning uy”, “Mening kun tartibim”, “O‘ndan yigirmagacha sanoq”, “Maktab”, 
“Bizning shahar” (qishloq), “Yil fasllari”, “Bayramlar”, “Bizning vatan” mavzulari 
bo‘yicha so‘z va iboralarni o‘zlashtiradilar.
 
Birinchi o‘quv yilidagi mavzular 
bo‘yicha 250 tacha so‘z,
 
ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari 
mo‘ljallangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir 
mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli 
omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlarni esda saqlab qolishni tashkil 
etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro 
farqlarini o‘zlashtirish zarur.
 
Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha 
bosqichdan iborat: yangi so‘zlarni lug‘at tarkibiga kiritish; ularni faollashtirish; 
qancha so‘zlarning o‘zlashtirilganini aniqlash; bog‘lanishli nutqda ishlata olish; 
turli nutq qurilmalarida so‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish. Yangi so‘zlar 
ko‘rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng 
foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ularni namoyish qilish jarayonida nomlari bir 
necha marta aniq qilib aytiladi. O‘qituvchidan so‘ng bolalar ham ikkiuch marta 
qaytaradilar. Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so‘zni eshitib qaytarish bilan birga 
shu so‘z orqali ifodalangan narsabuyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan 
uning nomi orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida 
o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza) ona 
tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
 


18 
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida qiladigan 
harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi so‘zlari, o‘qituvchining 
bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va 
lug‘atiga kiritiladi. Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish 
bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan 
she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan 
so‘zlari ularning passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga 
nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida bolalarning nutq 
tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va 
hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, 
sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor 
berish zarur: 
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir 
guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga o‘rgatish; 
- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan izchillikda amalga 
oshirish; 
- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z 
fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli vaziyatda qo‘llash 
ehtiyojini uyg‘otish. 
Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling