Mustaqil ish mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishi olib borishning nazraiy asoslari
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHI OLIB BORISHNING NAZRAIY ASOSLARI
4..Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va 19 chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak: 1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash. 2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish. 3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi. 4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash. 5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllantirish. 6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash. 7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish. 8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish. 9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish 20 va uning oldini olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun zarurdir. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan XULOSA 1. Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar dastlab maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan, ya’ni ilk lug‘at namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan. Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan ularning qamrovi kengaygan. 2. Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa, ko‘zlangan natijaga erishishi qiyin. 3. Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish oson kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi. 4. Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli ma’lumotni tez va qulay topish vositasi hisoblanadi. 5. Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz, so‘z tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at beradigan yordamni o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan ham olishi mumkin, biroq ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi. Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, imlo, badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga o‘xshash 21 tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, nafaqat yozma, balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan hisoblanadi. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni ajratish (palata, palla, oqibat, rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, bitmoq), talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod- 6. yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash, juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-Damaz) va boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi o‘quvchining o‘z ona tilisi lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani, o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan belgilanadi. Bunda esa unga axborot banklari – lug‘atlar yordamga keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling