Mustaqil ish Mavzu: Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish tizimi. Tekshirdi: Abidova d bajardi: Qo’ldashev Samariddin Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish,tizimi Xizmat ko‘rsatish sifatining modeli
Mehmonxonada sifatni boshqarishning konseptual modeli
Download 22.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqsamariddin.turizmda sifat
Mehmonxonada sifatni boshqarishning konseptual modeli
Birinchi tizim xodimlarni tanlab olish va ularni o‘qitib-o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Mehmonxonalar xodimlarni o‘qitib-o‘rgatishga katta mablag‘lar sarflaydi.Xodimlarning kasbiy layoqati xizmatlar sifatini boshqarishda juda muhim ahamiyatga ega. Mehmonxona ma’muriyati xodimlar yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur malaka va bilimga ega bo‘lishlari haqida muttasil qayg‘urishi kerak. Ikkinchi tizim – xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va’rag‘batlantirish tizimi. Mehmonxona korxonalarining omilkor rahbarlari iste’molchining mehmonxonaga munosabati xodimlarning kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq deb hisoblaydilar. Ular ichki marketing faoliyatini olib boradilar va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantiradilar. Xizmatlarning rahbarlari xodimlarning o‘z ishidan qanoatlanish darajasini muttasil kuzatib borishlari kerak. Agar mehmonxona rahbariyati xodimlarga hayotiy muammolarini hal qilishga yordam bersa, ularning o‘z ishidan qanoatlanganlik darajasi oshadi. Uchinchi tizim – mehmonxonada sifat ustidan nazorat va xizmatlar ko‘rsatish jarayonini standartlashtirish tizimi.Odatda mehmonxona ma’muriyati xizmatlar ko‘rsatish taomillari ro‘yxatini sxema’ko‘rinishida,ishlab chiqadi.Biroq, ortiqcha standartlashtirish ko‘rsatiladigan xizmatni qashshoqlashtirishini nazarda tutish kerak. Xizmatni konveyerga qo‘yishga yoki harajatlarni kamaytirishga bo‘lgan urinishlar mehmonxonaning rentabelligini qisqa muddatga oshirishi mumkin Foydalanuvchining xizmat sifatini qabul qilishining yuqorida tavsiflangan modeli mazkur tushunchaga quyidagi uch tarkibiy qism birligi deb qarash imkonini beradi: · asosiy sifat; · talab etilgan sifat; · xohlangan sifat. Asosiy sifat – xizmatning foydalanuvchi bo‘lishi shart deb hisoblagan xossalari yig‘indisi. Mijoz mazkur sifatning mavjudligiga umid qilib, ishlab chiqaruvchi bilan ularni muhokama qilishni lozim topmaydi. Mehmonxona korxonasi xizmatlari uchun asosiy sifatlarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin: · mehmonxonaga joylashishda toza choyshab, yostiq jildi va sochiqlarning mavjudligi; · mehmonxona nomerining har kuni tozalanishi; · televizor hamda nomerda mavjud boshqa apparaturaning buzilmay ishlash kafolati; · mehmon bilan yakuniy hisob-kitobda xato qilmaslik va h.k. Xizmatning asosiy sifatini ta’minlash korxonadan bu yo‘nalishda muttasil ish olib borish va harajatlar qilishni taqozo etishi mumkin. Xizmatning asosiy sifatiga lozim darajada e’tibor bermaslik korxona obro‘siga putur yetishi va mijozlar yo‘qolishiga olib keladi. Talab etilgan (kutilgan) sifat – xizmatning texnik va funksional xususiyatlari yig‘indisi. Ular xizmat ishlab chiqaruvchining rejasiga qay darajada muvofiqligini ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqaruvchi xizmatning talab etilgan xossalarini reklama qiladi va kafolatlaydi. Mehmonxona xizmatlarining talab etilgan texnik xossalariga quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda kommunal sharoit (vanna, dush, hojatxona), konditsionerlar, konferens-zallar, muzokara xonalari va h.k.ning mavjudligi. Mezmonxona xizmatlarining talab etilgan funksional xossalariga quyidagilar kiradi: nomerlarda va qavatlarda uzzukun xizmat ko‘rsatilishi, yangigazeta va jurnallar har kuni yetkazib berilishi va h.k. Xohlangan sifat – iste’molchi xizmatning mavjudligi haqida faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan sifati. Sifatning xohlangan ko‘rsatkichlari xususiyati shundaki, ularni iste’molchi o‘zi o‘ylab topmasligi kerak. Iste’molchi, qoida tariqasida, mazkur sifat ko‘rsatkichlarini talab qilmaydi, ammo o‘ziga taklif etilgan xizmat tarkibida ularning mavjudligini yuksak baholaydi. Xohlangan sifatli mehmonxona xizmatlariga quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda yo‘ldoshli va kabelli televideniyening mavjudligi; mijozga mehmonxonadan xotira sifatida fen, zont, pardoz anjomlari va h.k.ni taklif qilish; kechki ovqatga bepul shampan vinosi taqdim etish va sh.k. Agar xohlangan sifatni o‘z ichiga olgan xizmat yaxshi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u mijozning o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini oshirishi, ishlab chiqaruvchi uchun bozor sektorini yanada kengaytirishi mumkin. Download 22.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling