Mustaqil ish Mavzu: Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash amaliyoti. Reja
Download 202.84 Kb.
|
Mustaqil ish Arslon akaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy ivojlanishini tartibga solish
Mustaqil ish
Mavzu: Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy ivojlanishini tartibga solish Reja; Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tartibga solishning maqsadi va vazifalari. ……………………….…………………...2 Mintaqalarni boshqarishning nazariy va uslubiy asoslari...………4 O’zbekistonda mintaqalar rivojlanishini tartibga solish amaliyoti..5 Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reytingi……..…16 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..17 Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy ivojlanishini tartibga solish Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti davlatning mintaqaviy siyosati va hududiy boshqaruv organlari faoliyati orqali tartibga solinadi. Hududiy iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalarining «pionerlari» S.Dennison va A. Lesh hisoblanadi. Ular rivojlanishni tartibga solishda o’zaro tubdan farq qiluvchi ikkita kontseptual yondashuvga asos solishgan. S.Dennisonni «faol qayta quruvchilarga» kiritish mumkin, A.Leshni esa, yuqorida qayd etib o’tilganidek «adaptorlar»ga. S.Dennison urushdan oldingi Buyuk Britaniya uchun jiddiy muammo bo’lgan depressiv hududlarni tartibga solishni ko’rib chiqqan. U asosiy e’tiborini sanoat investitsiyalari geografiyasiga bevosita usullar yordamida ta’sir etishga qaratgan. Bu usullar sanoatga yangi kapital qo’yilmalarini joylashtirish ustidan markazlashgan nazoratni o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan. Xalqaro amaliyotda keng qo’llanilgan va ijobiy natijalarga erishgan “Hududiy iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish” nazariyalari mamlakatimiz amaliyotida keng qo’llanilmoqda. Davlat bu borada milliy va mahalliy dasturlar orqali hududlar taraqqiyotiga faol aralashmoqda. Hududlar rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: hududda bandlikning bir birligiga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligi; mehnatning fond qaytimi va ta’minlanganligi; asosiy fondlar rentabilligi (yalpi daromad va YaHM bo’yicha); solishtirma investitsiyalar (tovar ishlab chiqarish va xizmatlar birligiga); o’rtacha ish haqi; hudud aholi sonidagi bandlik hissasi; YaHMdagi soliq va soliqsiz ustamalar hissasi (soliq yuki); mahalliy byudjet daromadlarining respublika byudjetidan ajratmalari hissasi; bir yashovchi hisobida mahalliy byudjetning o’z daromadlari va boshqalar. Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tartibga solishning maqsadlariga quyidagilar kiradi: hududiy siyosatning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratish; hududlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan qat’iy nazar, yagona minimal ijtimoiy standartlar va teng ijtimoiy himoyani ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini kafolatlash; hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tenglashtirish; atrof-muhit ifloslanishini to’xtatish hamda uning ifloslanishi oqibatlarini yo’qotish, hududlarni kompleks ekologik himoya qilish; o’ta muhim strategik ahamiyatga ega hududlarni ustuvor rivojlantirish; hududlarning tabiiy - iqlim xususiyatlaridan to’liq foydalanish; - o’zini-o’zi boshqarish kafolatlanishini ta’minlash. Mintaqalar ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish o’z mohiyatiga ko’ra davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlarni nazarda tutadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan 2018 yilda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llabquvvatlash yili” deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so’m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirildi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha bo’yicha kelishuvlarga erishildi.Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so’mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko’p investitsiyalarni o’zlashtirish mo’ljallanmoqda. Bu borada to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi1. Download 202.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling