Mustaqil ish mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 58.07 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1312868
Bog'liq
Moliyaning mohiyati va funksiyalari 111

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Moliyaning mohiyati va funksiyalari

ABDUVOXIDOV SHOXRUX

Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja 1. Moliyani o‘rganishning zarurligi 2. Fanning maqsadi va vazifalari 3. Moliyaning mohiyati va zarurligi 4. Moliyaning funksiyalari

Moliyaning mohiyati va funksiyalari O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi. Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Moliya» fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud.

Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin: • mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun; • biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun; • qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun; • shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun; • shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun.

2. Fanning maqsadi va vazifalari Bozor munosabatlari sharoitida pul va moliya-kredit dastaklarining roli va ahamiyati sezilarli ravishda ortib boradi. Pul va moliya-kredit tizimi bozor mexanizmi samarali ishlayotgan asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridan hisoblanadi. «Moliya» fanini o‘qitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi haqida nazariy bilimlar berish, ularda iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida davlat moliya siyosatining yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib fan o‘z Mpredmetini o‘rgatish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi: - moliyaning mohiyati, funksiyalari, tamoyillari va rolini o‘rganish; - moliya tizimi va uning bo‘g‘inlarini o‘rganish; - moliyani boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini o‘rganish; - mikro va makro darajada moliyaning amal qilishi xususiyatlarini o‘rganish; - iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida moliyadan foydalanish asoslarini yoritish; - jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaning rolini yoritish va tahlil qilish. Fanni o‘rganish predmeti bo‘lib O‘zbekistonda moliya tizimi va moliya munosabatlari hisoblanadi.

Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi. A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi: 1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash 2. Nazorat 3. Taqsimlash A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Pul fondlarini shakllantirish 2. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish 3. Nazorat I.T.Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi. Iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.


Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling