1-mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari
Reja:
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2. Moliyaning funksiyalari.
3. Takror ishlab chiqarish va moliya.
1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
“
Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda
“pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda
ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud:
maqsadli pul fondlarini tashkil etish, jamlash, taqsimlash va
ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar
majmui;
pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish
tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat
tasarrufidagi pul mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);
moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv
tilida).
Lekin jahon ko’plab xalqaro iqtisodiy adabiyotlarida lug’aviy ma’nosi
jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha
“financia” va ruscha “финансы” kabi ekvivalentlari mavjud.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”,
“финансы” va hikozo
shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning
savdo shaharlarida paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini
anglatgan, degan fikrlarni olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining
rivojlanishi
mazkur
iboraning
Italiyadan
boshqa
davlatlarga
ham
tarqalishiga sabab bo’lgan. XY asrda “financia” tushunchasi Fransiyada
“davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan.
Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden
tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli
asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari hayotiga kirib
kelgan, deb hisoblashadi.
Zamonaviy
tasavvurdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |