1-mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliyaning funksiyalari


Takror ishlab chiqarish va moliya


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1776086
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Мавзу Молиянинг моҳияти ва функциялари 2

3. Takror ishlab chiqarish va moliya
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-
kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab
chiqarishi taqozo etiladi. Sayyoramiz aholisi sonining o’sishi
va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar
ichidagi va ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi,
ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi qator omillar ta’siri
sharoitida “hayot kechirish”ni takror ishlab chiqarish ayrim
davlatlar mustaqil yashay olishining muhim sharti bo’lib
qolmoqda.


Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimotining foydali tomonlaridan
tashqari zararli jihatlari ham mavjud. Uning salbiy tomonlari
yuqori
texnologiyali
ishlab
chiqarishlarning
notekis
taqsimlanishiga,
eng
boy-badavlat
sanalgan
mamlakatlarda
moliyaviy kapitalning tobora ko’proq to’planishiga olib kelmoqda.
Kambag’al va rivojlanish darajasi past bo’lgan mamlakatlar esa
hamon xomashyo qazib chiqarish va qishloq xo’jalik mahsulotlari
yetishtirish bilan shug’ullanishga majbur etilmoqda. Shunday
bo’lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab
chiqarish jarayonining mazmuni o’zgarmasdan qolayotir. Moliya,
bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng
rivojlangan mamlakatlarda yig’ilmoqda va ularga kelgusida ham
taqsimlashni o’zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti.


Takror
ishlab
chiqarish
jarayoni
o’z ichiga
quyidagi bosqichlarni oladi:
ishlab 
chiqarish
alamshuv
taqsimalash
iste‘mol
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta,
majburiy yoki shart bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa,
takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir
bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat
qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida
ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo’lishi mumkin.


Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi
navbatda,
takror
ishlab
chiqarishning
oldingi
(o’tgan)
tsiklida
foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun
mo’ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi
tsiklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism
mablag’larning egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash
nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri
o’ziga tegishli bo’lgan qismni ko’paytirish maqsadida bir-birlari bilan
doimiy qarama-qarshilikda bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan
yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so’ng esa
almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi. Takror ishlab chiqarish
jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni
quyidagi ikki qismga bo’ladi:
 iste’mol fondi;
 jamg’arish fondi.


Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o’rnini ko’rsatish uchun
JIMning o’rniga YaIMdan foydalanish mumkin. Bunda har ikki
ko’rsatkichlar o’zlarining afzal-liklari va kamchiliklariga ega
ekanligini e’tiborga olish lozim bo’ladi.
Masalan, YaIM tarkibiga
mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy xarajatlar
kiritilmaydi. Bir vaqtning o’zida esa, JIMning tarkibiga noishlab
chiqarish xizmatlari kiritilmaydi, xolbuki, ularning salmog’i yuqori
darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat xarajatlarining 1/3
qismini tashkil etishi mumkin. Biroq taqsimlashning ko’pqadamli
ekanligi inobatga olinadigan bo’lsa, JIM ko’rsatkichi yuqoridagi
maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum
bo’ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bo’lgan
moddiy ishlab chiqarish sohasini o’zida to’liqroq aks ettiradi.


JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
 mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining
qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);
 milliy daromad (ishchi kuchi va qo’shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o’z mablag’lari etarli
bo’lmagan sharoitda davlat subsidiyalaridan yoki
bank kreditidan
foydalanish mumkin. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab
chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan
ishlab
chiqarish
vositalarini
tiklashni
(amortizatsiya
ajratmalari,
materiallar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg’i,
elektroenergiyani xarid qilish ko’rinishlarida va h.k.) taqsimlash
jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab
chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi.


O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy
qismdan iborat:
 ijtimoiy iste’mol fondlari;
 shaxsiy iste’mol fondlari.
Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o’rtasidagi
nisbat hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog’liq.
Yaqin o’tmishda
kommunistik yoki sotsialistik partiyalar
hukmronlik qilgan
mamlakatlarda
ijtimoiy iste’mol fondlari
iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy o’rinni egallagan.
Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog’liqni
saqlash
va
ijtimoiy
yordam
ko’rsatish
jarayonlarini
moliyalashtirishni tashkil etgan.


Ayni zamonda
ham
ijtimoiy hayotni demokratlashti-rish darajasi
yuqori bo’lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki
neftga boy
Saudiya
Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab amirliklari, Bruney sultonligi kabi
ayrim
davlatlarda
ham
ijti-moiy
iste’mol fondlarining iste’mol
fondlaridagi salmog’i katta. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos
yo’lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida ham aholining ijtimoiy
himoyasiga iste’mol fondlarining katta qismi ajratilyapti.
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’z
zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan davlatlarda
iste’mol
fondlarining umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol fondlari asosiy o’rinni
egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog’liqni
saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni
tashkil
etadi.
Ijtimoiy
iste’mol
fondlarining
salmog’i
boshqa
mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bo’lib, bu fondlar orqali boshqaruv
xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xo’jaligi va h.k.larni moliya-
lashtirish qo’llab-quvvatlanadi.


Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yaratilayotgan daro-
madlarning
30 foizdan ortiq qismi olib qo’yilayotgan
davlatlarda ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarda
iqtisodiy o’sish uchun mablag’lar etarli bo’lmay qolishi
mumkin. Shunday holatlarda davlat ishchi kuchini takror
ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning bir qismini o’zi
hisobidan amalga oshirishi taqozo etiladi. Soliqqa tortish
darajasi yuqori bo’lgan sharoitda soliqni to’lashdan bosh
tortish tendentsiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish
xarajatlari ham ortadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling