Mustaqil ish Mavzu: Nobank moliya kredit muassasalari


Download 16.25 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi16.25 Kb.
#1365278
Bog'liq
Mustaqil ish Mavzu

Mustaqil ish Mavzu: Nobank moliya kredit muassasalari



Bajardi: Ashurov Sardorbek

Tekshirdi: Avazov Ergash

Mavzu Nobank moliya kredit muassasalari

Reja:


  • Nobank kredit tashkilotlari.

  • Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati.

  • Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar.

  • Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar.


Nobank kredit tashkilotlari.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir:
mikromoliya tashkiloti mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati.
Mikromoliya tashkilotlari:
mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga;
to‘lov agenti (subagenti) yoki banklarning, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirishga;
Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati.
tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishga haqli.
o‘zi amalga oshirayotgan faoliyat bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatishga;
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar tushuniladi.
Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati.
Lombardlar:
shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli (bir yilgacha) mikroqarzlar berishga;
jismoniy shaxslardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishga haqli.

  • Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar.


Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga haqli emas:
bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirishga, bundan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari mustasno va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga;
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar.
Nobank kredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida:
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
ustav fondini (ustav kapitalini) ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligini ta’minlash;
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar.
rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.
Lombard ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablardan tashqari kassa xonasining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta’minlashi kerak.


Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling