Mustaqil ish mavzu: O'zbekistonda tibbiy sug’urtani tashkil etish mexanizimi va unda hal etiladigan muammolari


 Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar


Download 380.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.10.2023
Hajmi380.73 Kb.
#1718214
1   2   3   4
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA TIBBIY SUG’URTANI TASHKIL ETISH MEXANIZIMI VA UNDA

 
2. Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar 
 
Umuman, sug‘urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning 
uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga 
olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo‘g‘inini 
rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti.
Birgina 2002-yilda sug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat 
miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning 
tasdig‘idir. 
Xususan, 
2002-yilning 
31 yanvarida O‘zbekiston 


Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining e’lon qilinishi 
sug‘urta tizimini taraqqiy ettirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur 
Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar barcha sug‘urta 
tashkilotlari 2002-yilning 1 fevralidan boshlab uch yil muddatga 
daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sug‘urta 
xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 
2002-yil 27 noyabrda qabul qilgan qarori sohani rivojlantirishda katta 
ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston hukumati tomonidan sug‘urta sohasini 
rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug‘urta bozorini bosqichma-
bosqich isloh qilish tamoyili amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug‘urtalashning 
huquqiy bazasiga va sug‘urta sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga 
poydevor qo‘yildi, misol uchun sug‘urtalashda tomonlarning o‘zaro 
munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug‘urta faoliyatini 
davlat tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro 
andozalarga mos keluvchi hamda talablarga javob beruvchi O‘zbekiston 
Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 2002-yil 5 
aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda ijtimoiy, 
siyosiy, 
iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy 
sohalarda o‘tkazilayotgan 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan 
erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul 
qilinishi sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq 
va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.


Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari 
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet 
mamlakatlardagidek bizda ham sug‘urta xizmatlari bozori ikkiga 
ajratildi: hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq xizmatlar bozori va 
umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. Hayotni sug‘urta qilishga 
ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug‘urta turlarini o‘tkazish, umumiy 
sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni sug‘urtalash 
huquqiga ega bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bizda hayotni sug‘urta qilish, ayniqsa, 
uzoq muddatli sug‘urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar 
mavjud. Bu sug‘urta turini amalga oshirish uchun fuqarolarda sug‘urta 
tashkilotlariga ishonch bo‘lishi bilan bir qatorda yetarli miqdorda 
mablag‘ ham bo‘lishi zarur. Faqat hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq 
xizmatlarni ko‘rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-
mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlarini o‘tkazishda ham talay 
muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug‘urta tashkilotlari va 
ularning salohiyatli mijozlari bo‘lmish ko‘pming sonli aholi, yuridik 
shaxslarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. Jamiyatda aholi va korxona 
hamda tashkilot rahbarlarining sug‘urtaga bo‘lgan munosabatini tubdan 
o‘zgartirish lozim. Bu, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari tomonidan 
faol tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi. 
Bugun yurtimizda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i jadal suratlar bilan 
rivojlanayotgan bo‘lib, bunga sug‘urta kompaniyalarining faoliyat 
doirasi ham tobora kengayib borayotgani yorqin misol bo‘la oladi. 
Hozirda mazkur bozorda yangi sug‘urta ishtirokchilarining yuzaga 
kelayotgani mavjud sug‘urta turlarini yanada ko‘paytirish hamda shu 


orqali keng toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarni sifatli sug‘urta 
xizmatlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli 
«Sug‘urta bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Qarori muhim omil bo‘ldi. Umuman aytganda, bugungi 
kunda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar 
darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta 
bozorida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta 
kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu 
esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ham shakllanishiga olib 
kelmoqda. 
Sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish sug‘urta bozorida 
turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga xizmat 
qilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy hujjatlar sug‘urta 
tizimining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, jahon andozalariga mos, 
sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urta bozori infratuzilmasini 
takomillashtirish imkonini berayotir.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ortiq 
ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan mijozlarga ikki yuzdan 
ortiq turda xizmat ko‘rsatilmoqda. 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maoruzasida bozor iqtisodiyoti 
institutlari, xususan, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng 
rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. 


Mamlakatimiz 
sug‘urta 
sohasida 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish 
va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-
872-sonli Qarorining qabul qilinishini aytishimiz mumkin. Unga asosan, 
sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning 
kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy 
tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion 
jarayonlardagi 
ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta 
xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni 
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan 
boshlab sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini 
oshirish belgilandi. 

Download 380.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling