Mustaqil ish mavzu: O'zbekistonda tibbiy sug’urtani tashkil etish mexanizimi va unda hal etiladigan muammolari


Download 380.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.10.2023
Hajmi380.73 Kb.
#1718214
1   2   3   4
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA TIBBIY SUG’URTANI TASHKIL ETISH MEXANIZIMI VA UNDA

 
3. Tayanch iboralar 
 
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy 
va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash. 
Sug‘urta bozori – sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy 
munosabatlar tizimi. 
Sug‘urta summasi – sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan 
qismining pul ko‘rinishidagi qiymati. 
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi 
o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro 
majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm). 


Sug‘urta limiti – moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni 
sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi. 
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni 
bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar. 
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan 
tashkilot. 
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret 
sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. 
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta 
obyekti bo‘lgan shaxs. 
Sug‘urta obyekti va predmetlari – sug‘urtalashga tegishli bo‘lgan 
moddiy qiymatliklar, inson hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati
javobgarliklar va mas’uliyatlar. 
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y 
berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash 
bo‘yicha majburiyati. 
Sug‘urta fondi – sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladigan 
hamda sug‘urta holati natijasida sug‘urtalanuvchining ko‘radigan 
zararini oldini olish, lokalizatsiya qilish va qoplashga mo‘ljallangan 
sug‘urta rezervlari yig‘indisi. 

Download 380.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling