Mustaqil ish Mavzu: Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiyatlari


Download 10.13 Kb.
bet2/4
Sana09.05.2023
Hajmi10.13 Kb.
#1447670
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish Mavzu Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiya-fayllar.org

Ish haqining vaqtbay ko’rinishining mazmuni shundan iboratki, unda ishchi kuchining bahosi mahsulot ishlab chiqarilgan yoki ish bajarilgan vaqtning miqdoriga qarab belgilanadi. Ko’p asrlik bozor iqtisodiyotining qonuniyatlariga ko’ra, ish haqi - bu xodimning mehnatidan foydalanilganligining narxidir. Uning kattaligi mehnat bozori, ya’ni ish kuchiga bo’lgan talab va taklif bilan o’lchanadi. Aniq ish kuchiga bo’lgan talab katta, taklif esa kam bo’lsa, xodimlarning ish haqi shunchalik yuqori bo’ladi. Bunda ish haqi miqdori bajarilgan ishning sifati, miqdori va iste’molchilar tomonidan sotib olinish darajasiga ko’ra belgilanadi.

Ish haqining shakllari va tizimi

Vaqtbay ish haqi shakli odatda xizmat ko’rsatish sohasidagi mutaxassis va ishchilar, konveyer turidagi avtomatlashgan ishlab chiqarish jarayonidagi ishchilar uchun ko’proq qo’llaniladi. Ish haqining ishbay ko’rinishida haq to’lash ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, sifati va tovar bozoridagi sotilishga qarab belgilanadi. Ammo uni hisoblashning asosini mahsulot ishlab chiqarishning miqdor ko’rsatkichlari Ish hаqi shаkllаri Vаqtbаy ish hаqi Ishbаy ish hаqi Ish hаqining tizimlаri Оddiy vаqtbаy Mukоfоtli vаqtbаy Mаоshli Оddiy (to’g’ri) ishbаy Mukоfоtli ishbаy Brigаdаli ishbаy Bilvоsitа ishbаy Аkkоrd ishbаy 149 hisoblanadi. Vaqtbay shaklida esa xodimning ish haqi amalda ishlangan vaqt uchun tarif stavkasi yoki maosh bo’yicha aniqlanadi. Mehnat to’lovining bu shaklini tanlash odatda texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkillashtirishning o’ziga xosliklari, mahsulot sifatini ta’minlash, mehnatni tashkil etish va ish kuchi bilan ta’minlashga bog’liq bo’ladi. Mehnat haqining ikki shaklini bir-biridan farqlashning asosiy belgisi mehnat unumdorligini natura birligida miqdorini o’lchash imkoniyati hisoblanadi. Ingliz tilidagi adabiyotlarda mehnatning ishbay to’lovi, mahsuldorlik bo’yicha ish haqi deb ta’riflanadi


Ish haqining shakllari va tizimi

Ularning ta’minoti bo’yicha har bir firma o’zidagi ish kuchi narxini, ya’ni ish haqi darajasi va boshqa unga bog’liq to’lovlarni kamaytirishga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda, firmalar ikki shartga rioya qilishadi: birinchidan, firma tomonidan to’lanayotgan ish haqi darajasining har bir xodimning mehnat mahsuldorligini o’stirish hisobiga o’z ish haqini oshirishga qaratilgan munosabati minimumga yo’naltirishi, ikkinchidan, firma to’layotgan ish haqining darajasi minimum chegaradagi ish haqidan yuqori bo’lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, mehnatning ishbay to’lovida shaxsiy qobiliyatning ish haqi darajasiga nisbati o’zgaruvchanligi birga teng, yani u bilan baravardir. Bunda ish haqi darajasi va mehnat mahsuldorligi o’rtasidagi o’zaro uzviy aloqa korxona darajasida emas, faqat ish joyi darajasida namoyon bo’ladi.



Download 10.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling