Mustaqil ish Mavzu: Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiyatlari
Download 10.13 Kb.
|
Mustaqil ish Mavzu Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
Mustaqil ish Mavzu: Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiyatlari Mustaqil ishMavzu: Qurilishda mehnatga haq to’lashning xususiyatlariToshkent arxitektura qurilish instituti Bajardi: 35-18 guruhi talabasi Tal’atov Adhamjon Qabul qildi: Asadova Maftuna RejaMehnatga haq to’lashning shakllari va tizimi Ish haqining shakllari va tizimi Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli Mehnatga haq to’lashning shartnoma usuli Mehnatga haq to’lashning asosini mehnatni me’yorlash, tarif tizimlari va mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari tashkil etadi. Mehnatga haq to’lashning tarif tizimi bajariladigan ishlarning hamma turlari uchun ish haqi miqdorini me’yoriy ko’rsatkichlar orqali ishning malakasi bo’yicha aniqlashga yordam beradi. Lekin ishchilarning ish haqini hisoblash uchun ishning malakasini belgilovchi sifat ko’rsatkichlardan tashqari, bajariladigan ishning hajmini ko’rsatuvchi miqdor ko’rsatkichlaridan ham foydalanish zarur. Mehnatga haq to’lashda sarflangan mehnatning miqdori va sifatiga qarab ishchilarga qarab ish haqi hisoblash mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari orqali amalga oshiriladi.Mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimi Korxonalarda mehnatga haq to’lashning ikki shakli: ishbay va vaqtbay shakli qo’llaniladi. Mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari har bir guruh va toifadagi ishchilarning sarflagan mehnatining soni va sifatini hisobga olgan holda ish haqining miqdorini aniqlaydi. Sarflangan mehnatning miqdor o’lchov birligi ishlab chiqarilgan mahsulotning soni yoki sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, ishchilarning sarflangan vatqlari uchun belgilangan tarif stavkalari bo’yicha ish haqlarini hisoblashni mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli, ishchilarning ishlab chiqargan mahsulot miqdorlari uchun ish haqini hisoblashni mehnatga haq to’lashning ishbay shakli deb ataladi.Download 10.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling