Mustaqil ish mavzu: Rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash va kapital ta’mirlash obyektlariga tuziladigan ishlarni bajarish loyihasi


Rekonstruksiya paytida ishlarni bajarish loyiha


Download 1.19 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1406578
1   2   3
Bog'liq
Norboyev Y qiymat injiniringi

Rekonstruksiya paytida ishlarni bajarish loyiha
Turarjoy va jamoat binolari rekonstruksiyasiga tuziladigan ishlarni bajarish loyihasi (IBL) muayyan obyektda bunday ishlarni tashkil etishga oid texnik hujjatlardan iborat. Ishlarni bajarish bo'yicha tasdiqlangan hujjatlar bo'lmasa, obyektlarda ishlarni amalga oshirish man etiladi. IBLni qurilish-ta’mirlash tashkilotining bosh muhandisi yoki maxsus subpudrat tashkilotining bosh muhandisi tasdiqlaydi.
IBL korxona rekonstruksiyasining amalga oshirilishini qat’iy belgilaydigan asosiy hujjat bo'lib, usiz obyektda rekonstruksiya ishlarini boshlash mumkin emas.
Binolar, konstruksiyalar yoki ularning elementlarini bo'laklarga ajratishda yoki kuchaytirishda mustahkamligiga zarar yetishi mumkin, shuning uchun bunday paytda foydalanilayotgan bino yoki inshootning qurilishida qo'llangan texpasporti va ishchi chizmalarining bo'lishi shart.
Binoga ustqurma o'matishda IBLda ishlarni bajarish ketma-ketligi va uslublari, konstruksiyalarning chidamliligi va mustahkamligi ustidan nazorat qilish chora-tadbirlari hisobga olinishi lozim.
IBLni ishlab chiqishda tayyorgarlik ishlarini quyidagi turlarga ajratish kerak:
1)ta’mirlash-qurilish maydonchasidan tashqaridagi tayyorgarlik ishlari;
2) ta’mirlash-qurilish maydonchasi ichidagi tayyorgarlik ishlari; 3) tsex ichidagi tayyorgarlik ishlari.
Ta’mirlash-qurilish maydonchasidan tashqaridagi tayyorgarlik ishlarga: kirish temir yo'llami, avtomobil yo'llami, suv tarmoqlarini, elektrpo-stantsiyalami kanalizatsiya kollektorlari rekonstruksiyalari kiradi.
Ta’mirlash-qurilish maydonchasi ichidagi tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: rekonstruksiya uchun tiklovchi va kengaytirilgan geodezik asoslari; maydoncha ichida vaqtinchalik avtomobil va temir yo'llami o'tkazish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish; maydoncha ichida suv va energiya bilan ta’minlash tarmoqlarini qayta o'tkazish hamda yangilarini qurish.
Rekonstruksiya paytida sex ishini to'xtatmay turib yoki qisman to'xtatgan holda olib boriladigan sex ichidagi tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: rekonstruksiya qilinayotgan korxonaning ishlash rejimiga xalal bermay turib bajarish mumkin bo'lgan yangi muhandislik kommunikatsiyalari va tarmoqlarini o'rnatish; mavjud texnologik uskunalami demontaj qilish va keyin yangilarini o'rnatish uchun yuk ko'taruvchi mashinalar va mexanizmlami o'rnatish; odamlar va asbob uskunalarni himoya qilish uchun shiyponlar qurish va o'rnatish; texnologik asboblarni uskunalarni va konstruksiyalarni yig'ish.
Rekonstruksiya paytida shunday ishlar ham borki, ularni bajarish uchun ishlab chiqarish korxonasining ishi to'xtatib turilishi lozim. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: asbob-uskuna yoki bino karkasi ostidagi mavjud poydevorlarni kuchaytirish yoki yangilarini o'rnatish; tashqi va ichki devorlarni va pollami qurish; tom yopish va pardozlash ishlari; texnologik asbob uskunani uzellar bo'yicha individual sinash va kompleks tekshirish.
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling