Mustaqil ish Mavzu: sars-coV-2 koronovirusi genomining tuzilishi. Topshirdi: Qobiljonova D. Qabul qildi: Yakubov I. Reja: sars-coV-2 koronovirusining tarqalishi, yuqish yo’llari sars-coV-2 koronovirusi genomining tuzilishi


Download 92.14 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi92.14 Kb.
#1517531
  1   2
Bog'liq
SARS CoV 2


O’zMU Biologiya fakulteti


Biologiya (turlari bo’yicha)
Yo’nalishi BBU 21-03 guruh
Talabasi Qobiljonova Diyoraning
Genomika fanidan tayyorlagan

Mustaqil ish
Mavzu: SARS-CoV-2 koronovirusi genomining tuzilishi.

Topshirdi: Qobiljonova D.


Qabul qildi: Yakubov I.
REJA:

1.SARS-CoV-2 koronovirusining tarqalishi, yuqish yo’llari.

2.SARS-CoV-2 koronovirusi genomining tuzilishi.

3.Kasallikning alomatlari, davolash choralari.




SARS-CoV-2 koronovirusi tarqalishi yuqish yo’llari
2019-yil oxirida Xitoyda o’tkir respirator sindromli koronovirus-2 (SARS-CoV-2) ning paydo bo’lishi global epidemiyaga sabab bo’ldi. SARS-CoV-2 koronovurisi dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, bugungacha 75 000 mingdan ortiq inson ushbu virusni yuqtirgani haqida ma’lumotlar mavjud. 2020-yil 30-yanvarda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti COVID-19 epidemiyasini H1N1(2009), polimielit (2014), G'arbiy Afrikadagi Eboladan keyingi xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan oltinchi favqulotta holat deb e'lon qildi.
Virus odamdan odamga havo tomchilari orqali yuqadi. Infeksiyaning o’rtacha inkubatsion davri 6-4 kun. SARS-CoV-2 yoki yangi koronovirusli pnevmaniyada isitma eng ko’p uchraydigan alomat hisoblanib undan so’ng yo’tal paydo bo’ladi. Ko’krak qafasi tomografiyasi tasvirlarida ikki o’pkaning tasviri hiralashib ko’rinishi kuzatiladi.
Dunyo bo’yicha katta pandemiyaga sabab bo’lgan koronovirus nafas yo’llarida parazitlik qiladi va o’pkaning jiddiy shikastlanishiga sabab bo’ladi. Virusning alomatlari o’pkaning pnevmaniya kasalligida yuzaga keladigan asoratlarni eslatadi. Ammo olimlar koronovirusning o’pkada uchraydigan boshqa mikroorganizmlar bilan o’zaro a’loqasi haqida yetarli ma’lumot to’play olishmagan.
Olimlar SARS-CoV-2 koronovirusining pnevmaniya (CAP) kasalligi bilan o’zaro a’loqasini o’rganish uchun quyidagi tajribani o’tkazadilar. Sakkiz nafar SARS-CoV-2 bilan kasallangan bemor, 25 nafar pnevmaniya kasalligini yuqtirgan bemor hamda nazorat uchun 20 nafar sog’lom insonlarning bronxalveolalardan olingan na’munlarni metatranskriptom sekvensiya qiladilar. Natijada zararlangan variantlarning o’rtacha soni SARS-CoV-2 bilan kasallaganan bemorlarda 1-4 ni tashkil etgan.Bu ko’rsatkich boshqa turli na’munalarda 51 tagacha yetgan. Variantlarning genlar bo’yicha taqsimlanishi populatsiya ma’lumotlarida kuzatilganlariga o’xshash bo’lgan. Biroq populatsiyada polimorfizim sifatida xost- ya’ni zararlgan to’qimalar ichidagi variantlar kam bo’lgan.Bu virusning tarqalishini oldini oluvchi to’siq yoki hozirgi polimorfizim ma’lumotlarida ko’rsatilgan cheklangan hilma-xillikning oqibatini anglatadi.Yuqoridagi tajribalar virusning odamdan odamga yuqishida ichki xost variantlar katta ahamiyatga ega bo’lmasligini ko’rsatsa ham ammo bunga befarq bo’lamslik kerakligi muhimdir. SARS-CoV-2 bilan zararlangan bemorlardagi microbiota patagenlar ustunlik qilgan yoki yuqori nafas yo’llarining kommensial bacteriyalari darajasi yuqori bo’lgan pnevmaniya CAP mikrobiotalariga o’xshash bo’lgan.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, pnevmaniya patagenlari orasida adenovirus, koronovirus 229/E NL63/OC43, odam bokovirusi, metapnevmovirus, parainfluenza virusi 1/2/3, rinovirus va respirator sinsital virus A/B ,bundan tashqari jamiyat tomonidan orttirilgan bakterial pnevmaniya sharoitida koinfeksiyani keltirib chiqarishi mumkinligi isbotlangan.
Yuqoridagi tajribadan xulosa SARS-CoV-2 infeksiyasidan keyin in vivo rivojlanadi va bu uning virulentligi, infeksiya hosil qilish darajasi va o’tkazuvchanligiga ta’sir qilishi mumkin. Ichki zararlangan na’munalar populatsiyada qanday tarqalishi tushunarsiz bo’lsa-da, populatsiyada virusning evolutsiyasi va u bilan bog’liq klinik o’zgarishlarni kuzatishga imkon beradi.

Download 92.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling