Mustaqil ish Mavzu: sars-coV-2 koronovirusi genomining tuzilishi. Topshirdi: Qobiljonova D. Qabul qildi: Yakubov I. Reja: sars-coV-2 koronovirusining tarqalishi, yuqish yo’llari sars-coV-2 koronovirusi genomining tuzilishi


SARS-CoV-2 koronovirusining virusi genomining tuzilishi


Download 92.14 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi92.14 Kb.
#1517531
1   2
Bog'liq
SARS CoV 2

SARS-CoV-2 koronovirusining virusi genomining tuzilishi
SARS-CoV-2 virusi genomi 26-32 kb, bir zanjirli musbat RNK ga ega ,6-11 ta ORF (ochiq o’qish uchastkasi) borligi ma’lum. ORF uchastkalar 9680 ta aminokislotalarni kodlaydi. Birinchi ORF uchastkasi virus strukturasida ishtirok etmaydigan 16 ta oqsil sintezi javob beradi.
SARS-CoV-2 virusi 4 ta struktura oqsillariga ega. Bular:
Spike yuza oqsilli glikopratein (S)- ikki subbirlikdan iborat bo’lib, hujayraga bog’lanish vazifasini bajaradi. RBD uchastkasi ham S oqsillarda joylashadi.
Memrana (M) oqsillari- virus morfologiyasida ishtirok etadi.
Nukleokapsid (N)- nuclein kislotalarni o’rab turuvchi qobiq strukturasida ishtirok etadi.
Envelop (E)- virus morfologiyasida ishtirok etadi.
Koronovirusning betacoronovirus shtamiga mansub virus musbat bir zanjirli RNK virusi ekanligi aniqlandi. Filogenetik tahlillarga ko'ra SARS-CoV-2 ko'rshapalaklardan kelib chiqqan SARS avlodiga o'xshash ikkita koronovirus, ya'ni bat-SL-CoVZC45 va bat-SL-CoVZXC21 bilan 88-89 % o'xshashligi aniqlandi. Lekin u SARS-CoV-2 (~79% o'xshashlik) va Yaqin Sharq respirator sindromi koronovirusi (MERS-CoV) (~50% o'xshashlik) dan ancha uzoqdir.
2019-yilda Wuhan epidemiyasi vaqtida inson koronovirusini ikki xil pnevmaniya holatida aniqlash uchun RNK ga asoslangan metagenomik sekvensiya yondashuvini qo'lladi. Uning butun genomining uzunligi 29 881 bp ekani aniqlandi. Filogentik tahlik esa SARS-CoV-2 Rhinolophus da aylanib yuruvchi coronovirus o'xshaydi, 99.8 % nukleotidlar ko'rshapalaklar koronovirusi shtammi BTCoV /496P ning qisman RNK ga bog'liq RNK polimeraza (RdRp) geniga o'xshashdir. (370 bp RdRp ketma -ketligi) va 87.9% nukleotidlar ko'rshapalak coronovirus shtammiga o'xshashlik bat-SL-CoVZC45 va bat-SL-CoVZXC21. Ochiq o'qish zanjiri ORF 1a/1b, S va N genlariga asoslangan evalutsion tahlil SARS-CoV-2 ko'proq hayvonlardan odamlarga mustaqil ravishda yuqishini ko'rsatdi.
Wuhan hududida yangi koronovirus pnevmaniyasi SARS-CoV-2 bilan kasallangan 278 nafar bemorning klinik ko'rinishlari umumlashtirildi. Bemorlarning barchasi 18 yoshdan oshgan kattalar bo'lib, bemorlarning 61.9% erkaklar (172 nafar) tashkil etgan.

Bugunda Pekinda o'tkazilgan yangi tadiqotlarga ko'ra SARS-CoV-2 pnevmaniyasi bilan og'rigan 13 nafar bemorning 2 nafari 2-15 yoshli bolalar ekanligi ma'lum qilindi.
Voyaga yetkan bemorlar orasida yurak qon tomir kasalliklari va gipertenziya eng ko'p tarqalgan asosiy kasalliklar bo'lib, undan keyin diabet uchraydi. Eng ko'p uchraydidan alomat isitma, yo'tal,nafas qisishi,bosh og'rig'i va diareyiya uchraydi. Bemorlarning 56.8% ( 158 ta bemorda) leykopeniya kuzatilgan. Intensiv muolajaga muhtoj bemorlarning ko'p qismini yoshi katta bemorlar bo'lgan.
Hozirda potensial davolash chorasi sifatida virusga qarshi tabletka vositalar,jumladan, oseltamivir, gansiklovir, lopinavir qo'llanmoqda. Ammo haligacha to'laqonli samarali davolash chorasi topilmgani yo'q.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.NCBI sayti.



2.Vahobov A.H “Virusologiya qo’llanmasi” 2019-yil “Ijod press”

3.www Wikipedia.com.
Download 92.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling