1) REFERAT YoZISh:
Mustaqil ishning maqsadi: ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, nazariy tadqiqot metodlarini egallash, talabalarning mustaqil fikrlash xususiyatlarini rivojlantirish.
Referat ( lot. refere —axborot berish) - yangi ma’lumotlar va axborotlar olish maqsadida ilk manba matnini mustaqil o’zgartirish hamda ijodiy anglash mahsuli hisoblanadi.
REFERAT TURLARI:
- referat-konspekt, ma’lum mavzu bo’yicha faktik materialni bayon etish;
- referat-rezyume, aynan bir mavzuning asosiy tushunchalarini ifodalash;
- referat-obzor, ma’lum masala yuzasidan turli manbalar asosida har xil nuqtai nazarlarni taqqoslab ifodalash ;
- referat-doklad, muammoni ob’ektiv baholash
- referat-fragment, ilk manba mazmunini o’zida aks ettiruvchi biron bir qism, bo’lim yoki fragment(bo’lak) ajratilib ifodalanadi
Topshiriqni bajarish
1) mavzuni tanlash
2)mavzu mazmunini o’zida aks ettirgan manbalarni aniqlash;
3) manbalardan ajratib olingan materiallarni o’rganish, tizimlashtirish va qayta ishlash;
4) rejani tuzish;
5) referatni yozish:
-tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash;
- referat tayyorlanayotgan matn (nomlanishi, qaerda va qachon chop etilgan) hamda avtori (F.I.O, mutaxassisligi, ilmiy darajasi va unvoni) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
-tanlangan mavzu muammosini shaklantirish;
-tanlangan mavzudagi asosiy tezislar va ularni asoslovchi g’oyalar mazmunini keltirish;
-referat maqsadidan kelib chiqgan holda rejalarda belgilangan muammolar bo’yicha umumiy xulosalar chiqarish.
Mustaqil ish natijalari :
-talabalar axborotlarni qabul qilish, tahlil etish, umumlashtirish hamda tizimlashtirish orqali ma’lum maqsadlarni qo’yib, uning echimini izlash yo’llarini tanlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
- yozma hamda og’zaki nutqlarini mantiqiy to’g’ri, asoslangan holda aniq bayon etish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |