leksik semantik usul. Bunda belgi bildiruvchi so‘zlar oldidan yoki ular o‘rniga boshqa turkumdagi so‘zlar qo‘llanadi: zahar (garmdori), olov (bola);
fonetik usul: a) unlilar cho‘zib aytiladi: tooza, chuquur; b) undoshlar ikkilanadi:tekkis, yummshoq.
Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo‘shimchasini qo‘shish yoki sifatdan oldin bir-biridan, undan ham, yanada so‘zlarini keltirish bilan yasaladi: olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir-biridan go‘zal, bunda ham battar, yanada kuchli.
Ozaytirma daraja belgi darajasining normal darajaga yetmaganligini, normaldan pastligini ifodalaydi: 1) qo‘shimchalar yordamida: oqish, qizg‘ish, qoramtir, -roq qo‘shimchasi ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi belgi boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim); 2) sifatdan oldin yarim, nim, och, xiyol, chizi, sal, aytarli, uncha, u qadar so‘zlarini keltirish bilan:
yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |