Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
Ozaytirma sifatlar o‘zakdan anglashilgan rangning, belgining ozligini, kamligini bildiradi va quyidagicha yasaladi:
-ish, -imtir (-mtir). Bulardan -ish, -imtir undosh tovush bilan bitgan oq, ko‘k kabi so‘zlarga, -mtir esa faqat qora sifatiga qo‘shiladi: oqish, ko‘kish, qoramtir.
rangni bildiruvchi sifatdan oldin och, nim so‘zlarini keltirish bilan. Nim bilan hosil qilingan sifatlar qo‘shib yoziladi: och sariq nimpushti.
-kina (-gina, -qina). Bu qo‘shimchalar o‘zakdan anglashilgan belgining kuchsizligini, ozligini bildiradi. K, g bilan bitgan so‘zlarga -kina q, g’ bilan bitgan so‘zlarga -qina, boshqa hollarda -gina qo‘shimchasi qo‘shiladi: kichkinagina, yumshoqqina, tuzukkina.
Do'stlaringiz bilan baham: |