Mustaqil ish mavzu: Sonlarni qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi vergulli tasvirlash Guruh


Download 46.15 Kb.
bet1/5
Sana23.02.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1225781
  1   2   3   4   5
Bog'liq
informatika mustaqil ish Nurmatova



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti

Sirtqi maxsus sirtqi Matematika Informatika ta’lim yo’nalishi

Fan: Informatikaning nazariy asoslari.


MUSTAQIL ISH

Mavzu: Sonlarni qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi vergulli tasvirlash

Guruh: 204
Talaba: Nurmatova Unsunoy.


Mundarija.

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  • Informatikaning paydo bo’lish tarixi.

  • Axborotlarni o‘lchash. Axborotni kodlash. Axborotni komputer xotirasida tasvirlanishi.

  • Sonlarni qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi vergulli tasvirlash

  1. Informatika'>Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Informatika kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to ‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir. Demak, informatika uchun asosiy ashyo axborot bo'lib, u asos tushunchadir. Informatika fanini kompyutersiz tasawur qilib bo'lmagani uchun sizga tanish bo'lgan quyidagi ikki qism birgalikda qaraladi: Texnik yoki qattiq qism (Hardware), Dasturiy yoki yumshoq qism (Software).
Informatika fanining maqsadi, obyekti va predmeti.XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: informatique) fransuzcha information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlari negizida hosil bo’lgan. Uning tarjimasi “axborotli avtomatika” degan ma’noni bildiradi. Bu terminning inglizcha varianti “Computer science, ya’ni “kompyuter ilmi” deb ataladi.
“Informatsiya” so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U «ma’lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi. Inson hayoti va amaliy ish faoliyati davomida juda ko‘p ma’lumot oladi, ularning ichidan keraklisini ajratib oladi, imkon qadar xotirasida saqlaydi, ba’zilarini keyinchalik ishlatish uchun turli ko‘rinishlarda saqlab qo‘yadi, keraksiz deb hisoblaganlarini xotirasidan va saqlab qo‘ygan manbalardan o‘chiradi, yangilarini qo‘shadi yoki avvalgilarini kengaytiradi, ba’zi ma’lumotlarni esa boshqalar bilan bo‘lishadi.


Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling