Mustaqil ish mavzu: T
Download 330.83 Kb.
|
energiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvli isitish tizimi.
Pechka, gaz va elektr qurilmalar yordamida isitish mahalliy isitish tizimiga kiradi. Isitish tizimi -issiqlik generatori (qozon), isituvchi elementlar(radiatorlar, reyestrlar) va issiqlik yoʻllari (quvurlar)dan iborat. Issiqlik generatorida yoqilgʻi (koʻmir, gaz, baʼzan, mazut va b.) yonganda issiklik eltuvchi (suv, bugʻ yoki havo) qiziydi. U quvur orqali borib, isituvchi elementlarni, ular esa xona havosini qizdiradi. Qozondagi suv temperaturasini oʻzgartirib, xona temperaturasini bir meʼyorda saqlash mumkin. Issiqlik eltuvchi turiga qarab, markaziy I. suv bilan isitish, bugʻ bilan isitish va havo bilan isitish xillariga boʻlinadi. Bitta generator bir yoki bir necha binoni isitadi.Binolar guruhi tuman qozonxonasidan yoki issiklik elektr markazidan isitilishi va issiq suv bilan taʼminlanishi mumkin. Suv bilan isitish va havo bilan isitish tizimlari turar joylar, oʻquv muassasalari, kasalxonalar, bogʻcha, yasli va b. binolarni I.da, bugʻ bilan isitish organik chang ajralmaydigan korxona binolarinigina isitishda qoʻllanadi.Suvli isitish tizimi.Suvli isitish tizimi.Ular quvurlarining o‘rnatilishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
Isitish tizimlaridagi suvning harakatlanishi sun’iy ravishda - nasoslar yordamida harakatga keltirilsa, bu jarayon nasosli isitish tizimlari deb ataladi. Bu turdagi isitish quvurlarining hozirgi paytda ahamiyati katta bo’lib , binolarning qanday maqsadda qurilganidan qat’i nazar keng ko’lamda ishlatiladi.
Tajriba shuni ko'rsatdiki, issiq suv bilan ishlaydigan isitish tizimlarining sanitariya-gigiyenik, texnikaviy jihatdan afzalligi, ustunligi va samaradorligi alohida ahamiyatga ega. Bu isitish tizimlari quyidagilardan iborat: - quvurlar hamda isitish asboblari sirt yuzasidagi haroratning yuqori emasligi;
- tizimlarni ishlatilish muddatidagi salmoq, issiqlik tejami samaradorligining ko'pligi; - ishlatish jarayonidagi shovqinning pastligi; - ta’mirlash va tamirlashga sarf bo'lgan xizmatlarning oson ko'chishi kabi ustunliklari bilan ajralib turadi Download 330.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling