Mustaqil ish mavzu: Tadqiqot loyihasi
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari talabnomalariga qo‘yiladigan talablar
Download 257.58 Kb.
|
Diyorbek mustaqil ish
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari talabnomalariga qo‘yiladigan talablar
Loyiha talabnomasida loyihani amalga oshiradigan ilmiy jamoa tarkibiga kiritilgan ijrochilar soni, shuningdek, loyihaning asosiy ijrochilari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtda tuzilgan ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi kerak. Tadqiqot guruhining o‘rtacha yoshi ijrochilar yoshining arifmetik o‘rtacha darajasi sifatida hisoblanadi. Akademik va ilmiy almashinuvni rag‘batlantirish, akademik harakatchanlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun 45 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning milliy (respublika) ilmiy va xorijiy ta’lim muassasalariga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlari (jumladan ilmiy anjumanlarda ishtirok etish) loyiha talabnomalarga kiritilishi mumkin. Xizmat safarining maqsadi ilmiy-tadqiqot loyihasi kalendar rejasiga mos kelishi va loyiha ko‘rsatkichlarining bajarilishiga xizmat qilishi lozim. Fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun loyiha talabnomasiga qo‘yiladigan asosiy talab ilmiy jamoa va loyihani amalga oshiruvchi tashkilotning falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy unvoni bo‘yicha ilmiy guruh a’zolaridan kamida bittasi tomonidan ilmiy dissertatsiya tayyorlash va himoya qilinishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda sanoat yoki tarmoq tomonidan hamkorlikda moliyalashtirishga qiziqish bo‘lgan taqdirda, loyiha talabnomalariga sanoat yoki tarmoq hamkori to‘g‘risidagi ma’lumot va uning moliyaviy ishtiroki (hamkorlikda moliyalashtirish) hajmi va turlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar institutini rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot guruhiga ilmiy stajor lavozimi kiritilishi lozim. Ijrochi tashkilotlar loyihani to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun xorijiy olimlarni va xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydigan mutaxassislarni, ta’lim muassasalarini, tashkilotlarni va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishi mumkin. Har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzilgan quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi zarur: ilmiy-tadqiqot guruhining tarkibi har bir lavozimga talablar tavsifi bilan; loyiha mablag‘larining ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurs bazasini (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari, ma’lumot manbalari va boshqalar) shakllantirishga yo‘naltirilganligi (kamida 40 foiz miqdorida), ilmiy jamoa uchun yaratib beriladigan shart-sharoitlar mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar; ushbu ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan tadqiqot guruhi a’zolari bilan ishlashning ketma-ketligini tavsiflovchi kalendar reja; xarajatlar yo‘nalishlari ko‘rsatilgan, zarur moliyalashtirish hajmi va muddatlarini aks ettiruvchi moliyaviy reja va hisob-kitoblar; tadqiqotning kutilayotgan natijalarini qo‘llash sohasi ko‘rsatilgan holda uning asosiy natijalari tavsifi. Loyiha va tadqiqot turiga qarab, loyiha talabnomalari tarkibiga qo‘yiladigan talablarning to‘liq ro‘yxati Buyurtmachi tomonidan belgilanadi, tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Download 257.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling