Mustaqil ish mavzu: Tadqiqot loyihasi


Loyihalarning ilmiy ekspertizasi


Download 257.58 Kb.
bet7/8
Sana21.04.2023
Hajmi257.58 Kb.
#1373755
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diyorbek mustaqil ish

Loyihalarning ilmiy ekspertizasi
Davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar davlat ilmiy ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.
Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspertiza qilinadi;
ikkinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tomonidan ochiq muhokamadan o‘tkaziladi.
Ilmiy ekspertiza loyihaning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini, uni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini, shu jumladan moddiy-texnik bazaning yetarli ekanligi, ilmiy salohiyatning va ilmiy jamoaning ilmiy natijalari mavjudligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ilmiy ekspertiza quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi:
ekspertlarning mustaqilligi;
ilmiy loyihani ilmiy yondashuv asosida, xolis, to‘liq va har tomonlama o‘rganish;
ekspertiza natijalarining asoslantirilganligi;
ekspertlarning chuqur bilimga egaligi, yuqori darajada professional va kasbiy mahoratga egaligi;
davlat, xizmat va tijorat sirlariga rioya qilgan holda ekspertiza natijalarining ochiqligi;
jamoat, texnika va ekologik xavfsizlikka, milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish.
Ilmiy ekspertizani amalga oshirish jarayonida uning natijalaridan shaxsan manfaatdor bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha kelib tushgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida loyiha talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ikkita ekspert bo‘yicha taklif Buyurtmachiga kiritiladi. Buyurtmachi tomonidan ekspertlar ro‘yxatga olingandan so‘ng, ekspertlarga loyihalar ko‘rib chiqish va baholash uchun taqdim qilinadi.
Ekspertlarga qo‘yiladigan talablar, ularni tanlash va ekspertizaga tayinlash tartibi Buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida ekspertlar loyiha talabnomasini bir oy muddatda ko‘rib chiqadi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, har bir ekspert loyiha bo‘yicha o‘zining ekspert xulosasini beradi va uni 100 ballik shkala bo‘yicha baholaydi, bunda 0 ball — eng past ko‘rsatkich, 100 ball — eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bunda agar bir loyiha bo‘yicha ikki ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori bo‘lsa, ekspertiza natijalarini aniqlashtirish maqsadida uchinchi ekspert qo‘shimcha ekspertiza uchun tayinlanadi.
Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichi natijalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ekspert xulosalari ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun ITKga yuboriladi.
Ilmiy ekspertizadan o‘tmagan loyihalar ITK tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnoma va ekspert xulosalari bilan birga Buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachi asoslantirilgan rad etish xulosasini loyiha rahbarlariga interfaol xizmat orqali bildirish uchun elektron platformaga joylashtiradi.
Ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichida loyihalar ITK yig‘ilishida ochiq muhokama (taqdimot) shaklida ko‘rib chiqiladi. Ilmiy loyihaning rahbari ilmiy loyiha taqdimoti bilan ITK yig‘ilishlarida qatnashadi. ITK a’zolari tadqiqot loyihasi va loyihani qo‘llash mavzusi bo‘yicha savollar berish huquqiga ega.
Taqdimot va ochiq muhokamaning natijalariga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega ITK a’zolari loyiha talabnomasini 100 ball tizimidan foydalangan holda baholaydi, bunda 0 ball eng past baho va 100 ball eng yuqori baho hisoblanadi. ITK a’zolarining baholari yig‘ilish bayonnomasida qayd etiladi. ITK tomonidan loyiha taklifining yakuniy bahosi ITK a’zolari baholarining o‘rtacha arifmetik qiymati bilan belgilanadi.
Loyiha talabnomasini baholash jarayonida loyihani amalga oshirishni rejalashtirilayotgan tadqiqotchilar guruhi rahbari va a’zolarining qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
ITK yig‘ilishining qoidalari va qarorlarini qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
ITK tomonidan yakuniy bahosi 60 va undan yuqori ball bo‘lgan taqdirda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichidan o‘tgan deb hisoblanadi.
Har bir loyiha talabnoma bo‘yicha ilmiy ekspertiza yakunlangach, ITK xulosa va tavsiyalar beradi. ITK qarorlari va xulosalari yig‘ilish bayoni shaklida tuzilib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
ITK a’zosi baholash jarayonida ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmasa, o‘zining alohida fikrini bildirishga haqli. ITK a’zosining alohida fikri yig‘ilish bayonnomasiga kiritiladi.
ITK o‘xshash mavzular va yo‘nalishlar bo‘yicha birlashtirgan, ularni bajarish jarayonini maqbullashtirish maqsadida ish hajmi va xarajatlarni aniqlaydigan rejalashtirilgan ishlarni to‘g‘rilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi mumkin.
ITK ekspertizasi natijalari tahlil qilinib, umumlashtirilganidan so‘ng o‘n kun ichida kollegial organga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Kollegial organ loyiha buyurtmalarini to‘g‘ri va xolis baholaganligini tekshirish maqsadida qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Kollegial organ ITK raislarini qabul qilingan qarorlarga tushuntirish berishni so‘rab muhokamaga taklif qilishga haqli.
Zarur hollarda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar asosida, shuningdek kollegial organning ko‘rsatmasiga muvofiq ITK tomonidan qayta ishlanib, uning mavzusi va tarkibiga qisman o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tavsiyalar bilan Buyurtmachiga taqdim etilishi mumkin.
Bunda ITK tomonidan bir marotaba loyiha rahbariga uch ish kuni ichida tegishli o‘zgartirishlar qilishga ruxsat beriladi, o‘zgartirilgan loyiha qayta ekspertiza va muhokamadan o‘tkaziladi. ITK bayonida va uning qaror qismida loyiha talabnomasini qayta ishlash bilan bog‘liq barcha jarayonlar to‘liq asoslantirilishi lozim.
Ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror kollegial organ tomonidan hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Ijobiy baholangan loyihalarni tasdiqlash bo‘yicha kollegial organ yig‘ilishida nizo yuzaga kelgan taqdirda, kollegial organ qarori bilan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirilishi va bunda ITK raisi tomonidan taqdimot o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi bir oy muddatda loyiha bo‘yicha, shu jumladan loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini kollegial organga taqdim etadi.
Buyurtmachi kollegial organ qarori qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun muddatda ilmiy-tadqiqot loyihasining ijrochi tashkiloti bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolashi zarur.
Shartnomada moliyalashtirish shartlari va tomonlarning majburiyatlari nazarda tutilishi lozim.
Shartnomalarning namunaviy shakllari, shu jumladan ilova qilingan shakllar, jadvallar va boshqa materiallar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Davlat buyurtmasini amalga oshirish doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalari tanloviga taqdim etilgan loyiha talabnomasining ilmiy-texnik darajasini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) fundamental tadqiqotlar uchun:
tashabbuskor loyihalarning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;
loyihaning maqsadli tanlov mavzusi va shartlariga muvofiqligi;
mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning yangiligi va ushbu yo‘nalishda ilmiy natijalarning mavjudligi va darajasi hamda yangi bilimlarni olish, yangi nazariyalar, usullar, tushunchalarni yaratishga qaratilganligi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha zarur ilmiy salohiyat va ilmiy ma’lumotlarning mavjudligi (yuqori malakali olimlar jamoasi, so‘nggi besh yil ichida nashr etilgan ilmiy nashrlarning soni va sifati, patentlarning mavjudligi, yetakchi milliy va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikning mavjudligi va boshqalar);
loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning mavjudligi, ularning soni va sifat xususiyatlari;
zarur moddiy-texnik bazadan (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, axborot resurslari va boshqalar) foydalanish imkoniyati;
b) amaliy loyihalar uchun:
tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy muammolarni hal qilish uchun yangi usullarni o‘rganishning kutilayotgan samarasi;
tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish imkoniyati, shu jumladan sanoat hamkori va loyihani amalga oshirishdagi tomonlar hissasini baholash;
loyihani amalga oshirish natijasida kutilayotgan natijalar: ilmiy-texnik hujjatlar to‘plamini (texnologik yoki laboratoriya reglamentlari, texnik pasport, texnik shartlar, loyihalash hujjatlari va boshqalar), eksperimental (laboratoriya, ishlab chiqarish, klinik) sinovlarni o‘tkazish uchun yangi yondashuvlar va usullarni ishlab chiqish;
zarur salohiyat — ilmiy (ushbu masala bo‘yicha yuqori malakali olimlar jamoasi) va moddiy-texnik resurslar (asboblar, uskunalar, materiallar va boshqa vositalar)ning mavjudligi;
loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning mavjudligi (doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, bakalavrlar);
loyiha ijrochilarining ilmiy salohiyati: ilmiy nashrlarning mavjudligi (xorijiy nashrlarda maqolalar, patentlar yoki boshqa ilmiy hujjatlar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturiy mahsulotlar), shuningdek, so‘nggi besh yil ichida nashr etilgan xalqaro va milliy konferensiyalarda ilmiy maqola va tezislar;
v) innovatsion loyihalar uchun:
loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar: import o‘rnini bosuvchi yoki eksportga yo‘naltirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni tashkil etish (tayyorlash) uchun ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni (tasdiqlash) rejalashtirish;
loyihani tijoratlashtirish istiqbollari va sanoat hamkori darajasini va loyihani amalga oshirishga qo‘shgan hissasini baholash (mahsulot ma’lum bir iste’molchi uchun mos bo‘lgan bozorga kirish va aniq istiqbolga ega bo‘lishi kerak);
innovatsiya obyektiga talab darajasi: mahsulotga (texnologiya, ishlanma) talab — sanoat hamkori va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda kafolatlar mavjudligi (loyihani amalga oshirishga qiziqish, zarur materiallar yoki boshqa manbalarni taqdim etishda ishtirok etish);
muhofaza qilinadigan hujjatlarning mavjudligi: patent (dasturiy mahsulot uchun guvohnoma) va taklif qilinayotgan mahsulot (texnologiya) uchun ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq to‘plami yoki texnik reglament, sinov sertifikati, texnik shartlar, e’lon qilingan ilmiy maqolalar, patentga (dasturiy mahsulotga) topshirilgan talabnoma (sertifikat) va ishlab chiqarilgan laboratoriya reglamentlari, laboratoriya sinovlari;
loyiha ijrochilarining tegishli ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyat va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha amaliy tajribasining mavjudligi: mahsulot tajriba namunasining mavjudligi, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning ilmiy-texnik yoki ishchi tajriba-texnologik hujjatlari va/yoki mahsulotning laboratoriya, tajriba namunasining mavjudligi;
ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasi: ishlab chiqarish bazasi, asboblar, uskunalar va boshqa zarur infratuzilma mavjudligi yoki rejalashtirilayotganligi (loyihani amalga oshirish paytida), shuningdek, mahalliy resurslar (xomashyo va butlovchi qismlar) bilan ta’minlanganligi (mavjudligi).

Download 257.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling