Aniqlangan nematodalar ichidan 8ta turi halqaro Genbank (NCBI) bazasiga joylashtirildi va u uchun yangi hisoblandi (Kuchboev et al., 2015). - Aniqlangan nematodalar ichidan 8ta turi halqaro Genbank (NCBI) bazasiga joylashtirildi va u uchun yangi hisoblandi (Kuchboev et al., 2015).
- Mayda shoxli uy hayvonlari ostertagiinozlariga (ostertagioz, marshallagioz, teladorsagioz va boshq.) qarshi mahalliy medapek preparati dala ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazildi va ularni yuqori samara berganligi aniqlandi.
- Nematoda to‘qimasidan xromasoma DNKsi ajratib olish usuli bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma chop etildi. Hayvonlar asosiy nematodozlariga qarshi chora tadbirlari bo‘yicha amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
- Protostrongilid nematodalari uchun turga xos bo‘lgan praymerlar yaratildi va ixtiro Patentlandi.
Shu yilning 6-10-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida “Agrar sohada innovatsion texnologiyalar” haftaligi boʻlib oʻtdi. Uning doirasida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminarlarda qishloq xoʻjaligi sohasida yaratilayotgan innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar, ular yordamida yetishtirilayotgan sifatli va raqobatbardosh yangi mahsulotlar namoyish etildi. - Shu yilning 6-10-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida “Agrar sohada innovatsion texnologiyalar” haftaligi boʻlib oʻtdi. Uning doirasida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminarlarda qishloq xoʻjaligi sohasida yaratilayotgan innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar, ular yordamida yetishtirilayotgan sifatli va raqobatbardosh yangi mahsulotlar namoyish etildi.
- Seminarning ikkinchi kuni chorvachilik sohasidagi innovatsion texnologiyalarga bagʻishlandi. Taqdimot davomida biotexnologiya yoʻnalishidagi bir loyiha eʼtiborimizni tortdi. Bu “Noyob zotli hayvonlarni genetik jihatdan pasportlashtirish uchun molekulyar panellar ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha edi. Loyiha rahbari — Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi Husanjon Gʻiyosovdan loyihaning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalar haqida soʻradik.
- — Bugun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda agrar sohaning, jumladan, chorvachilikning oʻrni beqiyos. Kunlik ozuqa ratsionimizni sut, goʻsht, parranda goʻshti, tuxum va shifobaxsh asalsiz tasavvur qilolmaymiz. Bu mahsulotlar asosida turli taom va yeguliklar tayyorlash mumkin, — deydi Husanjon Gʻiyosov. — Chorvachilik amaliyotida aksariyat hollarda zotdor, samarador jonivorni tanlash, uning nasl va mahsuldorlik koʻrsatkichini baholashda anʼanaviy usullardan foydalanib kelinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |