Buning uchun kamida 3-4 yil, ayrim hollarda 5-10 yil kerak. Agar ularning nasli haqida hujjat boʻlsa, avlodlari shajarasi sifatiga qarab baholanadi. Hujjati boʻlmasa, onasining tashqi koʻrinishi, salomatligi va mahsuldorligiga qarab xulosa qilinadi. Agar onasi koʻp sut beradigan boʻlsa, xaridor uning bolasi ham sersut boʻladi, degan fikrda buzoqni xarid qiladi. - Buning uchun kamida 3-4 yil, ayrim hollarda 5-10 yil kerak. Agar ularning nasli haqida hujjat boʻlsa, avlodlari shajarasi sifatiga qarab baholanadi. Hujjati boʻlmasa, onasining tashqi koʻrinishi, salomatligi va mahsuldorligiga qarab xulosa qilinadi. Agar onasi koʻp sut beradigan boʻlsa, xaridor uning bolasi ham sersut boʻladi, degan fikrda buzoqni xarid qiladi.
- Uning oʻsishi va rivojlanishi uchun mablagʻ sarflaydi. Lekin 3-4 yildan keyin undan kutilgan mahsulotni olib boʻlmasligi mumkin. Chunki baʼzi hollarda yuqori mahsuldor sigirning avlodida xoʻjalik uchun foydali belgilar namoyon boʻlmaydi. Sababi, juftlashish natijasida hosil boʻlgan gamettada muhim genlarning qulay kombinatsiyasi buzilib ketadi.
- Shuning uchun bu usulni butunlay toʻgʻri deb boʻlmaydi. Bundan tashqari, ayrim hayvonlar irsiy kasalliklar, masalan, gemofiliya, yaʼni leykoz, adgeziya va boshqa ogʻir kasalliklar tashuvchisi boʻlishi mumkin. Ularni erta aniqlash va zarur choralar koʻrish muhim ahamiyatga ega. Chorva mollarni tanlashda molekulyar-genetik usullardan foydalanish eng toʻgʻri yoʻl. Seleksiya-naslchilik ishlarini olib borishda zamonaviy genom seleksiyasidan foydalanish ham juda muhim.
- u ilgʻor texnologiya hayvonlarning nasl va mahsuldorlik koʻrsatkichini erta aniqlash va prognozlash, jonivorlarni qisqa muddatda ishonchli genotiplash, identifikatsiya qilish, urchitish uchun munosib juftlarini tanlash hamda seleksiya ishlarini jadallashtirish imkonini beradi.
Uy hayvoniga pasport nega kerak? - Uy hayvoniga pasport nega kerak?
- — Loyihamizning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda genetik xilma-xillikni asrash, jumladan, yoʻqolib ketish darajasiga kelib qolgan milliy Bushuyev zotli qoramollarning qimmatli genofondini molekulyar-genetik tadqiqotlar oʻtkazish orqali saqlash, zotning genetik pasportini yaratishga qaratilgan, — deya fikrini davom ettiradi olim. — Shuningdek, loyiha Prezidentimizning oʻtgan yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosiga yoʻnaltirilgan.
- Har bir hayvonning DNKsi va genotipi har xil boʻladi. Chetdan naslli mol keltirilganda uning qaysi zotga mansubligi va haqiqiy nasl koʻrsatkichlarini ushbu usul orqali aniq bilish mumkin. Chetdan keltirilgan mollarni issiq iqlim sharoitimiz hamda xoʻjaliklarning oziqlantirish va saqlash sharoitlariga moslashtirish, zamonaviy usullardan foydalanib, ularning mahsuldorligini oshirib borish ham asosiy vazifalarimizdan.
- Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalarida biotexnologiya yutuqlaridan ilgari ham foydalanilgan. Masalan, embrion tranplantatsiyasi amalga oshirilgan. Lekin laboratoriya jihozlari eskirgani va ularni yangilash uchun institutda yetarli mablagʻ boʻlmagani uchun bu ishlar toʻxtab qolgan edi. Toʻgʻri, ushbu yoʻnalishda olib boriladigan tekshiruvlar qimmat turadi. Koʻp yangi zamonaviy genetik tadqiqotlar uslubiyatini yoshlarimiz hali mukammal bilmaydi.
- Shu sababli yosh olimlarni stajirovkaga joʻnatishga kirishganmiz. Bu borada Innovatsion rivojlanish vazirligining maxsus dasturi orqali koʻplab yosh olimlarimiz rivojlangan davlatlarda boʻlib, ilgʻor texnologiyalardan foydalanishni oʻrganib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |