Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
ATKIF “KI: AT-Servis” yo’nalishi II bosqich
talabasi Shamsuddinova Nigoraxon
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: “Xavfsizlik zaifliklarining tasnifi. Axborot manbalariga hujumlarning asosiy turlari”
Bajardi: Shamsuddinova N.
Tekshirdi: O’rinov N.
Reja:
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi.
2. Xavfsizlik zaifliklarining tasnifi.
3. Axborot manbalariga hujumlarning asosiy turlari.
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Xavfsizlik, bu har kuni biz to`qnashadigan va rioya qiladigan ehtiyot choralari bo`-lib, u hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan jihatidir. Eshikni qulflay-miz, qimmatbaho narsalarni begona ko`zlardan berkitamiz va hamyonni duch kelgan joyda qoldirmaymiz, sirlarimizni har kimga ham aytavermaymiz, muhim xabarlar yo-zilgan maktublarni konvertga solib, uni yelimlab uzatamiz. Muassasa va tashkilotlar-da, hatto kichik muassasalarda ham binosining kirish yo`lida sizni qorovul yoki ki-rishni chegaralovchi va nazoratlovchi tizimi qarshi oladi. Ammo, muassasaga tegish-li muhim axborotni himoyalash esa hali ko`ngildagidek emas.
Axborotni yo`qotish mumkinligini va bu qanday oqibatlarga olib kelishini barcha ham tushunavermaydi. Ayniqsa, hozirgi kunda axborot kommunikatsiya texnologi-yalari rivojlangan va barcha axborotlar kompyuterda yaratilayotganligi hamda komp-yuter tarmog’i orqali uzatilayotganligi va qabul qilinayotganligi hamda davlatlar “Elektron hukumat”ni tadbiq etayotganligi sababli axborot xavfsizligini ta`minlash yanada murakkablashib bormoqda. Chunki axborotlar xavfsizligini ta`minlashning yangi usullari va vositalari ishlab chiqilsa, o`z navbatida uni buzishning yangi usul-lari va vositalari ham parallel ravishda ishlab chiqilmoqda.
Axborotga nisbatan tahdidlar kun sayin oshib bormoqda. Odatda insonlardan yoki vositalardan chiqadigan va zarar yetkazadigan tahdidlar quyidagi sinflarga bo`linadi: ichki yoki tashqi va tuzilmalangan (ma`lum obyektga qarshi) yoki tuzilmalanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |