Mustaqil ish mavzu: Zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy istiqbollari
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi zargarlik sohasini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari
Download 23.69 Kb.
|
Zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021 yil 1 mayga qadar Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish
- 2023 yil 1 yanvarga qadar
- Endigi maqsad
2. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi zargarlik sohasini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari
7. 2021–2023 yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadli parametrlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 8. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021 yil 1 mayga qadar Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin: qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning o‘lchov plastinalari va granulalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish; 2023 yil 1 martga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini tatbiq etish. 9. Buxoro, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari Buxoro, Samarqand, Namangan va Qo‘qon shaharlari hududlarida joylashgan yirik bozorlarning zargarlik buyumlarini chakana sotishga ixtisoslashgan savdo rastalari o‘rnida milliy brend asosida ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining zamonaviy ko‘rgazma-savdo do‘konlari va zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston milliy zargarlik brendini jahonga tanitish maqsadida 2021 yilda Dubay (BAA) shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “World Expo – 2021”, keyinchalik xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan barcha nufuzli ko‘rgazmalar doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etilishini tashkil etsin. 11. Belgilansinki, 2023 yil 1 yanvarga qadar zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilinadi. 13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Xulosa Zargarlik mahsulotlari butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan tovarlardandir. Jahon zargarlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi yiliga 5-6 foizga o‘sayotgani, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshayotgani uning ulkan eksport salohiyatidan dalolat beradi. Mamlakatimizda bu tarmoq e’tibordan chetda qolgandi. Zargarlik korxonalari asbob-uskunalarining 80 foizi eskirgan, ayrimlarida ishlab chiqarish to‘xtagan edi. Qimmatbaho metallarni zargarlarga sotishda ham ko‘plab cheklovlar bor edi. Joriy yil 1 martdan boshlab qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilarga birja orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berildi. Endigi maqsad – zargarlikni chinakam sanoat darajasiga olib chiqish. Download 23.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling