Mustaqil ish mavzulari Urug’mevali daraxtlarning monolioz kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Kungaboqar kasalliklari va ularga qarshi kurashish choralari


Download 0.64 Mb.
bet14/20
Sana06.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1436055
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari fitopotologiya

Kungaboqar kasalliklari va ularga qarshi kurashish choralari
Reja

  1. Kungaboqar o‘simligi to‘g‘risida

  2. Kungaboqar o‘simligida uchraydigan kasalliklar.

  3. Kasalliklarga qarshi kurashish choralari haqida.

O‘zbekistonda kungaboqarning Yenisey, Armavires, Salyut, Trudovaya, Pioner navlari kuzgi don ekinlaridan keyin yozda ekilganda ularning o‘suv davri 10-12 kunga qisqaradi. Ular O‘zbekiston sharoitida yozda ekilganda 75-80 kunda pishib yetiladi. Ekish uchun tayyorlangan urug‘lar to‘la, saralangan, kalibrovka qilingan, panoktin bilan 200 g/s hisobida ishlangan bo‘lishi talab qilinadi.


Kungaboqarning Chkalovskiy gigant va Vniimk 8931 navlari lalmikorlikda bahorda yashil massasi uchun ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda ertapishar navlar ang‘izda moy olish uchun ekilmoqda. Bahorda ekilganda urug‘ ekiladigan chuqurlikda harorat 8-12°C qiziganda ekish boshlanadi. Ertagi muddatda tuproq 5-7°C qiziganda, ekish boshlanadi. Ang‘izga ekish 10-iyundan 1-iyulgacha o‘tkaziladi. Yozda ekilganda ekish muddatining kechikishi urug‘larning yetilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kungaboqar qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish SUPN-8, SKPP-12, SPCh-6M seyalkalarida bajariladi. Urug‘lar punktirlab ekilganda optimal oziqlanish maydonini hosil qilish osonlashadi. Sug‘oriladigan yerlarda kungaboqarning tup qalinligi 55-60 ming/ga bo‘lishi optimal hisoblanadi. Ang‘izga ekilgan past bo‘yli (bo‘yi 0,8-1,2 m) erta pishar navlar 75-85 ming/ga qalinlikda ekilishi yaxshi natija bermoqda.
Moyli kungaboqarni ekish me’yori gektariga 5-10 kg, silos uchun ekiladigan navlariniki 35-40 kg, ekish chuqurligi 6-7 sm, yengil tuproqlarda 8-10 sm ni tashkil qiladi.
Kungaboqar maysalari hosil bo‘lguncha qatqaloqqa, begona o‘tlarga qarshi ikki izli qilib boronalash o‘tkaziladi. Begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, maysalar unib chiqquncha gerbitsidlar ham qo‘llaniladi. O‘simlik 1-2 barg hosil qilganda qatorlarga ko‘ndalang qilib ikkinchi boronalash o‘tkaziladi. O‘simliklar jarohatlanmasligi uchun boronalash kichik tezlikda va o‘simlikning turgor holati pasayganda o‘tkaziladi. Qator oralari KRN-4,2 kultivatorlari bilan ishlanadi. Birinchi kultivatsiya 6-8 sm, ikkinchisi 8-10, uchinchisi 6-8 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Qator oralarini ishlash o‘simlik bo‘yi 60-70 sm ga yetganda to‘xtatiladi. Sug‘orishlardan keyin tuproq yetilishi bilan qator oralarini ishlash yaxshi natija beradi.
Kungaboqar gullaganda asalari uyalarini ekinzor yaqiniga joylashtirish puch urug‘lar hosil bo‘lishini keskin kamaytiradi. Asalari uyalarining 1-2 donasini 1 gektarga joylashtirish urug‘ hosilini 1-1,5 sentrnerga oshiradi.
Kungaboqar urug‘larining ekinzorda 90 % sariqqo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir tusga kirib, savatchalar qurib, urug‘ namligi 12-14 % ga yetganda hosil yig‘ishtirishga kirishiladi.
Kungaboqar o‘simligida shumg‘iya, oq chirish, kulrang chirish, zang, so‘lish, soxta un shudring, bakterial so‘lish, mozaika va gullarining yashil tusga kirishi kabi kasalliklar eng ko‘p uchraydi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling