Mustaqil ish mavzulari Urug’mevali daraxtlarning monolioz kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Download 0.64 Mb.
|
Mustaqil ish mavzulari fitopotologiya
Sholi suv filchasi (Hydronomus sinuaticillis Faust.) (Curculionidae – uzunburunlar oilasi, Coleoptera – qattiq-qanotlilar turkumi)
Sholi suv filchasi voyaga yetgan va lichinkalik fazasida ekinlarni shikastlaydi. Bu qo‘ng‘iz poya va ildizlar etini yeb yashaydi. Poyaning zararlangan joyi sarg‘ayadi va qurib qoladi. Uning lichinkasi sholi poyasining ildizga yaqin qismi ichiga va ildizga kirib oziqlanadi. Sholi suv filchasi Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida, Tojikistonning Kulob va Dushanba viloyatlarida hamda Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida uchraydi. Qo‘ng‘iz 4–5 mm, qora rangda, tanasi ustki tomondan qo‘ng‘irkulrang mayda tangachalar bilan zich qoplangan. Qanot ustligida tangachalar va oqishroq dog‘lar bo‘lib, ular to‘p-to‘p joylashgan. Qanot ustligining keyingi uchidan bir qismi boshlanishida tangachalar biroz yaltiroq bo‘lib, oval yoki yumaloq. Qo‘ng‘izning mo‘ylovi va oyog‘i sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangda, bosh naychasi uzun, uchi sal yo‘g‘onlashib, biroz egilgan. Mo‘ylovi teraksimon bo‘lib, 8–10. Sholi suv filchasi bo‘g‘imli, boldrnnmg ichki tomonida maydatishchalar bor, orqasining old qismida mayda do‘mboqchalar joylashgan, qanot ustligining yelka qismi tugunak ko‘rinishida. Lichinkasining kattaligi 7–8 mm, yo‘g‘onligi 2 mm, rangi oq, boshi sarg‘ish, ko‘kragining segmenti sarg‘ish qalqon bilan qoplangan, oyog‘i yo‘q, tanasining oldingi va keyingi tomonlari ingichkalashib boradi. Tanasining sirti mayda qattiq tukchalar bilan qoplangan, 3, 4 va 5 segmentlarida burchaksimon, nayza uchli sarg‘ish tikancha joylashgan. Qo‘ng‘iz yetuk lichinka fazasida sholipoyalarda, tuproq ostida, sholi ildizlarida qishlab chiqadi. Ular bahorda g‘umbakka aylanadi. Sholi o‘sishi bilan g‘umbakdan qo‘ng‘izlar chiqa boshlaydi. Qo‘ng‘iz, asosan, may oyining yarmidan keyin chiqa boshlaydi. Qo‘ng‘iz suv tubida 10–12 soatlab oziqlanib yuradi, suv yuzasiga chiqib, traxeyasiga havo to‘ldirib oladi va yana suvga sho‘ng‘ib ketadi. Qo‘ng‘iz oyog‘idagi qilcha yordamida yaxshi suzadi, sholi poyasini kemirib teshadi, ular faqat sholi o‘simligi bilan oziqlanib yashaydi. Poyaning ildiz bo‘g‘ziga tuxum qo‘yadi, tuxum qo‘yish davri bir oyga cho‘zilib, iyul boshida to‘xtaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar ildizda va poyaning yuqoriroq qismida yashaydi. Hosil yig‘ib olingandan keyin lichinka o‘simliklar ichidan chiqib, tuproq orasidagi havodan nafas oladi. Tuproqning 5 sm chuqurlikdagi qatlamida ildizlarni yeb yashaydi. Bir yilda bir marta nasl beradi. Sholi suv filchasi tarqalgan maydonlarda almashlab ekishni joriy etish, yerga o‘g‘it solish, yerni chuqur haydash, 200 kg hisobidan ammiakli selitra sepish tavsiya etiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling