Mustaqil ish mavzusi: Bilish falsafasi
Download 12.32 Kb.
|
Mustaqil ish mavzusi Bilish falsafasi-fayllar.org
Mustaqil ish mavzusi: Bilish falsafasi TDTU AS-2 gurux talabasi Anvarov Sardorbekning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mustaqil ish mavzusi: Bilish falsafasiMustaqil ish mavzusi: Bilish falsafasiBilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini oʻrganish falsafa tarixida muhim oʻrin egallab kelmoqda. Inson oʻz bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va, nihoyat, oʻz-oʻzini oʻzgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shugʻullanuvchi maxsus sohasi - gno-seologiya vujudga keldi.Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va oʻzi tugʻrisida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, maʼnaviy faoliyat turidir. Inson oʻzini qurshab turgan atrof-muhit toʻgʻrisida bilim va tasavvurga ega boʻlmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shugʻullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm boʻlib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali roʻy beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos boʻlgan maʼnaviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va oʻzi tugʻrisida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, maʼnaviy faoliyat turidir. Inson oʻzini qurshab turgan atrof-muhit toʻgʻrisida bilim va tasavvurga ega boʻlmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shugʻullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm boʻlib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali roʻy beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos boʻlgan maʼnaviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va iazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi. Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgizamon gʻarb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini oʻrganuvchi maxsus soha - etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.Download 12.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling