Mustaqil ish mavzusi: Psixodiagnostika-amaliy psixolog faoliyat samarasi sifatida. Reja
Download 1.25 Mb.
|
Psixodiagnostika fanidan 1-chi mustaqil ta'lim.
3-chi rejani bajarish: Maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy tafakkurini aniqlang.
«Mantiqsiz tasvirlar» metodikasi Ushbu metodika yordamida bolani atrofdagi borliq hamda ushbu moddiy dunyodagi bir qancha ob’ektlarning orasida o‘zaro bog‘lanishlar va munosabatlar haqida elementar obrazli tasavvurlari baholanadi: hayvonlar bilan, ularning hayotiy ko‘rinishlari bilan, tabiat bilan. Ushbu metodika yordamida bolaning mantiqiy mulohazasi va o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalay olishi aniqlanadi. Metodikani tashkil qilish jarayoni quyidagicha olib boriladi: Rasmda tasvirlangan ko‘rinishlar bolaga tavsiya qilinadi, unda hayvonlar bilan bog‘liq bir qancha «mantiqsiz» hodisalar mavjud. Bolaga rasmni ko‘rsatish jarayonida, unga quyidagi ma’noda ko‘rsatma beriladi: «Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni ko‘rib chiqib, rassom tomonidan qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini aytib ber? Agar sen qaysidir ob’ektni o‘z joyida tasvirlangan emas deb hisoblasang, nima uchun shunday bo‘lish kerakligini tushuntirib ber va aslida qanday bo‘lishi kerakligini ayt?». Ko‘rsatmaning ikkala qismi ham ketma-ketlik bilan bajariladi. Birinchi navbatda bola mantiqsizliklarni aytib beradi va rasmlarda ko‘rsatib beradi, so‘ngra haqiqatda qanday bo‘lishligini izohlab beradi. Rasmlarni ko‘rish va topshiriqni bajarishga uch daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt mobaynida bola iloji boricha mantiqsiz voqealikni ko‘proq topishi va haqiqatdan qanday bo‘lish kerakligini sharhlab berishi kerak. Natijalarni baholash. 10 ball -agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida rasmdagi hamma mantiqsiz tasvirlarni (jami 7 ta) aniqlab, qoniqarli tushuntirib bera olishga ulgursa va haqiqatdan qanday bo‘lishini sharhlab bera olsa. 8-9 ball- bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo birdan uchtagacha tasvirni haqiqatdan qanday bo‘lishini sharhlab bera olmasa; 6-7- ball bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo 3 dan 4 gacha tasvirni haqiqatdan qanday bo‘lishini sharhlab bera olmasa; 4-5- ball bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqladi, ammo 5 — 7 tagacha tasvirni chegaralangan vaqt mobaynida sharhlab berishga ulgura olmasa; 2-3- ball bola chegaralangan vaqt mobaynida 1 — 4tagacha tasvirni aniqlab bera olmadi va sharhlashga vaqti etmasa; 0-1 ball-chegaralangan vaqt mobaynida bola rasmdagi 7 ta mantiqsiz tasvirlardan 4 tasini topsa. Izoh: 4 va undan yuqori ball, agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida topshiriqni birinchi qismini to‘liq bajara olsa, ammo ularni tushuntirib va sharhlashga ulgura olmasa qo‘yish mumkin. Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish: 10 ball — juda yuqori 8 — 9 ball — yuqori 4 — 7 ball — o‘rtacha 2 — 3 ball — past 0—1 ball — juda past.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling