Mustaqil ish media savodxonlik va axborot madaniyatining tadrijiyligi hamda jamiyatdagi ahamiyati


Global tarmoq: axborotning informatsion xarakteri va psixologik tajovuz


Download 30.59 Kb.
bet6/8
Sana15.03.2023
Hajmi30.59 Kb.
#1270906
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUSTAQIL ISH MADINA

Global tarmoq: axborotning informatsion xarakteri va psixologik tajovuz

Javob: XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi. E’tiborli jihati shundaki, mamlakat ichkarisidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlarning ehtiyoji ham jadal ortib bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi va undagi keng ko’lamli imkoniyatlarning o’sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli yo’nalishlarda keng tarzda ishlatilishi bugun kishilar ongiga, ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir etmay qolmayapti. Shuningdek, axborot resurslaridan davlatlararo muloqotlarda, tegishli geosiyosiy maqsadlarga erishishda unumli, faol foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 8 Bunday intilish, ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga xosdir.

  1. Din niqobidagi tahdidlardan himoya choralari (diniy saytlar misolida)

Javob: “Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi - din niqobi ostidagi ekstremistik tashkilotlarning saytlarida asosan davlat to'ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o'tish mumkin. Ularda ISHID go'yo Islom yo'lida “qurbon” bo'layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
Bugungi kunda ekstremistik tashkilotlarning targ'ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzg'unchilik va yot g'oyalarni targ'ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ularning asl maqsadlari, Islom dinini noto'g'ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo'lga kiritish hisoblanadi.


  1. Download 30.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling