Sakkizinchi oy oxirida vazni 1500-1600 gr, bo'yi 40 sm bo'ladi. To'qqizinchi oy oxirida terisi ostidagi yog' qatlami qalinlashib, terisidagi burishish yo'qoladi, va rangi och pushti rangga kiradi. Homila tug'ilganda qattiq qichqirib yig'lab ko'zini ochadi, odatda ko'krakni ema oladigan bo'ladi. Bunday homila yashashga qobiliyatli bo'ladi, uning uzunligi 45 sm, og'irligi 2400-2500 gr ga yetadi. O'ninchi oy oxirida homila to'liq yetilib terisi och pushti rangga kiradi, tekislashadi, tirnoqlari ham o'sib, harmoqlari uchiga yetadi. Akusherlikning uchinchi oyi davomida homilaning taraqqiyotidagi barcha kamchiliklar yo'qoladi. Qiz bolaning balog'atga yetish davri 2 ga bo'linadi: 1. 8-9 yoshdan 13-14 yoshgacha. 2. 13-14 yoshdan 17-18 yoshgacha. Qiz bolalarda paydo bo'ladigan ikkilamchi jinsiy belgilar jinsiy gormonlarning faoliyatiga bog'liq. Qiz bolalardagi jarayonnning ayollarnikidan farqi shundalki, ularda estrogen gormonlari ko'p ajralib bu hol jinsiy a’zolarning rivojlanishi va shakllanishi uchun juda zarurdir. Qiz bolalarda uchraydigan ginekologik kasalliklar orasida birinchi o'rinini tashqi jinsiy va qindagi yallig'lanish jarayoni —70%, ikkinchi o'rinda hayz siklining buzilishi 23% uchinchi o'rinda jinsiy taraqqiyotning buzilishi 12% to'rtinchi o'rinda jinsiy a'zolardagi o'smalar 1 % beshirichi o'rinda jinsiy a'zolardagi nuqsonlar turadi. Balog'atga yetish davrida estrogen va androgen gormonlari birgalashib tana skeletining o'sishini ta'minlaydi. Chanoq suyagi kengayib 8-10 yoshlarda teri ostiga yog' qatlami to'plana boshlaydi, qiz bolaning ovozi o'zgarib, ikkilamchi jinsiy belgilar taraqqiy topa boshlaydi, sut bezlari kattalashadi, qo'ltiq osti, qov sohasida tuklar paydo bo'ladi. Nazorat uchun savollar: 1. Ichki jinsiy a'zolar necha bo'limdan iborat? 2. Qiz bola taraqqiyotidagi nuqsonlar sabablari. 3. Jinsiy a'zolardagi nuqsonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |