Mustaqil ish Oquvchi: Azimova. X


Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va hokazo


Download 0.62 Mb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#217920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ayolar

1. Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va hokazo.

2. Genetik kasalliklar, xrosoma aberratsiyasi bilan bog'liq kasalliklar-irsiy kasalliklar.

3. Zaharli moddalar (kimyoviy moddalar pestisidlar)

4. Radiatsiya, rentgen.

5. Zaharli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik)

6. Turli yuqumli kasalliklar (parotit, brutsellyoz, qizamiq, gripp, gepatit va hokazo).

7. Ona va bola qon gruppasi va rezus chiqishmaslik.

8. Dori-darmonlatni ko'p va noto'g'ri qabul qilish.

2-3 haftalikdan to 8 haftalik bo'lguncha homila zararli omillarga o'ta sezgir bo'ladi.

2. Qiz bola jinsiy a'zolaridagi nuqsonlar.

  • Bachadon va uning naychalari yaxshi rivojlanmagani, bachadon bo'lgani holda naychalarning bo'lmaganligi, ba'zi hollarda qo'shimcha naychalar bo'lishi. Qiz bolalarning jinsiy a'zolaridagi og'ir nuqsonlardan biri bachadonning bo'lmasligidir, ko'pincha bachadon bo'lmasa qin ham bo'lmaydi. Ichki jinsiy a'zolar yaxshi rivojlanmagan qizlarda ko'pincha butun organizm rivojlanishi ham orqada bo'ladi. Bu og'ir patologik holat bo'lib, buni ertaroq aniqlash bolalar shifokori, ona va tarbiyachilarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aks hol¬da, qiz bola buni keyinroq, ya'ni balog'atga yetganda bilib qolsa uning ruhiyatiga og'ir ta'sir qiladi.
  • Qinning bo'lmasligi ham og'ir nuqsonlardan bo'lib, qiz bolada dastlabki hayz davrida qorni va qovuqda kuchli og'riqdan shikoyat qiladi. Hayz qoni bachadonga to'planib, tashqariga chiqa olmaydi, bunday holda jarrohlik yo'li bilan sun'iy qin hosil qilinadi. Ba'zi hollarda bachadon ikkiga ajralib rivojlanadi, bu holda qin ikkita yoki bitta bo'lib, bachadon ichida to'siq bo'ladi.
  • Qizlik pardasidagi nuqsonlar. Qizlik pardasi har xil shaklda bo'lishidan tashqari, ba'zan qalinroq va halqasimon bo'lishi mumkin. Ayniqsa, qalin bo'lsa, jinsiy muloqotda ko'pgina ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Halqasi¬mon bo'lsa, jinsiy muloqat davrida yirtilmaslik hollari ham uchraydi. Gohida qizlik pardasi berk bo'lib, buni ham ke-chikib ariiqlash hollari uchraydi. Qiz bola balog'atga yeta boshlagach, boshlang'ich va so’ngi hayz bo'lmayotgani, oy sayin qorin pasti, dumg'aza, bel sohalarida og'riq turib, u borgan sari kuchayayotganligidan shikoyat qiladi. Og'riqning borgan sari kuchaya borishiga sabab, hayz qoni to'planib chiqa olmaydi, bunday paytda qiz bolaga tez yordam ko'rsatish zarur, aks holda og'riq bora
  • —bora kuchayadi. Isitma chiqadi 37-38° c, ba'zan butun organizm zaharlanib, isitma yana ham ko'tariladi, bunda tezlik bilan qizlik pardasi kesilib, tozalanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling