Hayz siklining buzilish sabablari: - 1. Asabning zo'riqishi.
- 2. Yuqumli kasalliklar.
- 3. Shikastlar.
- 4. Operatsiyadan keyin.
- Agar o'quvchi qizlarimiz ayol jinsiy a'zolarini anatomik tuzilishi va fiziologiyasi haqida tushunchaga ega bo'lishsa, farzandsizlik sabablari, homilaning chala yoki nuqsonli tug'ilish sabablarini tushunishlari ancha oson bo'ladi.
- Qiz bolalarning jinsiy a'zolarida ularning ona qornidaligi davridan boshlab bolalik va balog'atga yetgunigacha shu davrlarga xos bo'lgan anatomik va fiziologik xususiyatlarning yuz berishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularning rivojlanishida yana patologik o'zgarishlar ham kuzatilishi mumkin. Bu nuqsonlarning paydo bo'lishiga turlicha zararli omillar sabab bo'ladi.
- Bir qator yuqumli kasalliklar, noto'g'ri ishlatilgan dori-darmorilar, zaharli moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) dan kelib chiqadi. Bu nuqsonlar homila tug'ilganlan keyin namoyon bo'la boshlaydi. Yana qizlarning bolalik va o'smirlik yoshida uchraydigan turli xildagi nuqsonlardan tashqari, ularda kattalarda uchraydigan qator kasalliklar ham uchraydi.
- Tug'ruq jarayonining noto'g'ri kechishi, homilaning tug'ruq paytida jarohatlanishi, bo'g'ilish kabilar ham chaqaloqning salomatligiga putur yetkazadi. Onalarning jinsiy a'zolaridagi homilador bo'lishidan avval va homilador bo'lganidan keyin yuz bergan yallig'lanish jarayonlari hamda tanadagi gormonlar nisbatining buzilishi ham homila salo¬matligiga salbiy ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |