Mustaqil-ish pdf
Download 365.51 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish
turkumlari- atash ma’noli so’zlar (masalan predmet, belgi, miqdor, harkat- holat kabi ma’noga ega
so’zlar) yoki ular o’rnida qo’llanib ma’lum so’roqlarga javob bo’luvchi va gapda ma’lum gap bo’lagi vazifasida keluvchi so’zlar. Masalan: gul- nima?, chol- kim? Go’zal – qanday? va hk. Bunday so’zlarga ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish kabilari kiradi. Demak ularga bir- bir qisqacha to’xtalsak: Ot- shaxs, narsa ma’nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer?, so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar. Shunga ko’ra, otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari, o’rin- joy otlari, faoliyat- jarayon otlariga bo’linadi. Sifat- otga bog’lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday?, qanaqa?, so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar. Son- narsalarning son- sanog’ini va tartibini bildirib, qancha?, necha?, nechanchi? So’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar. Olmosh deb ot, sifat, son, fe’l o’rnida almashinib qo’llaniladigan, ularga ishora qiladigan so’zlarga aytiladi. Fe’l – nima qilmoq? nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini atab kelgan so’z turkumi. Harakat – holatning bajarilish tarsi, payti, o’rni, daraja- miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qayer? qachon? qancha? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar ravish deyiladi Rus tilida so’z turkumlari O‘zbek tilida so‘zlarni turkumlar bo‘yicha tasniflash rus tilidagiga nisbatan qiyinroq, chunki turli turkumlarga mansub bo ‘lgan o‘zbekcha so‘zlar rus tilidagi kabi maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas. Rus tilidagi sifatlar –ий, -ый, -ая, -яя,-oe, -ee; ravishlar –o, -e, fe‘llar -ать, -ять, - ить, -ться kabi maxsus tugalmalarga ega, binobarin so‘z o‘zaklari ana shu qo‘shimchalarsiz qo‘llanmaydi. O‘zbek tilidagi so‘zlarni dastlabki shakllaridanoq qaysi turkumga mansub ekanligini aniqlash, shuningdek, mustaqil holda qo‘llash mumkin. Masalan, ot, oq, ol, oz, oh kabi bir xil konstruksiyadan iborat bo‘lgan so‘zlar ularning ma‘nosiga qarab ot, sifat, fe‘l, ravish, undov kabi ma‘lum turkumga kiritiladi. Shuning uchun ayrim manbalarda rus tilidagi so‘zlar lug‘aviy-semantik xususiyatlari, morfologik belgilari va sintaktik vazifalariga ko‘ra turkumlarga ajratilsa, o‘zbekcha so‘zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, ularning semantik va sintaktik belgilari ko‘zda tutiladi, degan fikrlarni uchratish mumkin. Biroq o‘zbek tilida yasama so‘zlarni tasniflashda ularning nafaqat semantik, balki morfologik belgilari ham muhimdir. Masalan, -chi, -kash, -dosh, -zor kabi qo‘shimchalarni olgan so‘zlarni ot turkumiga, -li, -siz qo‘shimchali so‘zlarni sifat turkumiga yoki tarkibida –la qo‘shimchasi bor bo‘lgan so‘zlarni fel turkumiga kiritishda ana shu qo‘shimchalarning mavjudligi ham etibordan chetda qolmaydi. O‘zbek tilida otlar ma‘lum grammatik vositalarni olmasdan ham gapda biror sintaktik vazifa bajara oladi Masalan: Tosh betondan qattiq (ega); Rustam Anvarga tosh otdi (to‘ldiruvchi); Arava tosh ko‘chadan shaqirlab borardi (aniqlovchi). Rus tilida bosh kelishikdagi, ya‘ni har qanday grammatik vositadan holi bo‘lgan otlar gapda ega, sifat morfologik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan so‘zlar aniqlovchi, ravish ko‘rsatkichli so‘zlar hol, ma‘lum shakl hosil qilgan fe‘llar kesim bo‘lib kelishi aniq. Demak, sintaktik vazifa nuqtai nazaridan o‘zbekcha so‘zlar mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajraladi holos. O‘zbek va rus tillarida so‘zlar quyidagicha tasniflanadi:O‘zbek va rus tillaridagi so‘z turkumlarining eng asosiy farqlarini quyidagilar bilan belgilash mumkin: a) o‘zbek tilida taqlid so‘zlar ma‘lum grammatik belgilari asosida 18 mustaqil so‘zlar qatoriga kiritiladi, rus tilida esa mimemalar nihoyatda kam uchraydi va alohida so‘zlar turkumidan joy oladi; b) o‘zbek tilida old ko‘makchi (predlog)lar, rus tilida esa ort ko‘makchi (poslelog) lar mavjud emas. v) o‘zbek tilida alohida olingan Download 365.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling