Mustaqil ish soliqqa kirish fanidan


Download 4.41 Mb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi4.41 Mb.
#1721103
1   2   3
Bog'liq
FRANSIYA SOLIQ TIZIMI

Soliq turlari

Summasi, mln yevro

Salmog‘i, %

l. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

669962

4l,9

2. Jismoniy shaxslarga solina- digan daromad solig‘i

293ll0

 
l8,l

3. korxonalarga solinadigan soliq

170l40

 
l0,6

4. Neft mahsulotlariga solina- digan boj to‘lovi

ll86l8

 
7,3

5. Boshqa soliqlar

245l20

l5,2

6. Soliqsiz tushumlar

l20267

7,4

Jami

l6l72l7

l00,0

Fransiyaning darlat budjeti tarkibil
Keyingi egri soliq — ichki neft mahsulotlariga solinadigan soliq. Uning salmog‘i 7—8,5 % ga teng. Bu soliqqa l3,3 % egri soliqlar to‘g‘ri keladi. Egri soliqlarning kelib tushish tarkibi uzoq vaqt o‘zgarmasdan turdi. Bundan faqat ichki neft mah- sulotlariga solinadigan soliq mustasno. Uning salmog‘i keyingi yillar oshib borgan. Amaliyotda bu soliq aksizlarga emas, bojxona bojiga tenglashtiriladi.
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kerakli xom- ashyo, asosan, mamlakatga import orqali keltiriladi. Eksport va reeksport qilinadigan neft mahsulotlari umuman soliqqa tortilmaydi. Fransiya uchun o‘tgan asrning 80 va 90-yillarida bojxona bojining roli sezilarli ortib bordi. Deyarli 40 % ga yaqin budjet daromadlari to‘g‘ri soliqlardan kelib tushadi. Bularning tarkibida asosiy o‘rinni daromad solig‘i (jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq) egallaydi.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq umumiy budjet daromadining 18—21% ini tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinni to‘g‘ri soliqlar tarkibida aksioner kompaniyalarning foydasiga solina- digan soliq (korporatsiya solig‘i) egallaydi.
Budjetning soliq daromadlari tarkibida bu to‘lov 8 % dan 10 % gachani tashkil qiladi. Aksioner kompaniyalarning foyda- siga solinadigan soliq salmog‘ining pasayib borishiga asosiy sabab, yengilliklar berish tizimining kengayishi hisoblanadi.
Fransiya korxonalari korporatsiya solig‘i bo‘yicha, asosan, ikki turdagi yengilliklardan foydalanadi:
a) asosiy kapitalga nisbatan tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash;
b) soliq kreditlari berish.
Soliq krediti l982-yili kiritilgan va l983-yil l-yanvardan boshlab qo‘llaniladi. Ilmiy tekshirish ishlariga qilinadigan xarajat kredit olish huquqini beradi. Ilmiy tekshirish ishlarining xarajati o‘tgan yilgidan oshib ketsa, unga 50 % hajmda kredit beriladi.

Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling