Mustaqil ish soliqqa kirish fanidan
Download 4.41 Mb.
|
FRANSIYA SOLIQ TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. korxonalarga solinadigan soliq 170l40 l0,6
Fransiyaning darlat budjeti tarkibil Keyingi egri soliq — ichki neft mahsulotlariga solinadigan soliq. Uning salmog‘i 7—8,5 % ga teng. Bu soliqqa l3,3 % egri soliqlar to‘g‘ri keladi. Egri soliqlarning kelib tushish tarkibi uzoq vaqt o‘zgarmasdan turdi. Bundan faqat ichki neft mah- sulotlariga solinadigan soliq mustasno. Uning salmog‘i keyingi yillar oshib borgan. Amaliyotda bu soliq aksizlarga emas, bojxona bojiga tenglashtiriladi. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kerakli xom- ashyo, asosan, mamlakatga import orqali keltiriladi. Eksport va reeksport qilinadigan neft mahsulotlari umuman soliqqa tortilmaydi. Fransiya uchun o‘tgan asrning 80 va 90-yillarida bojxona bojining roli sezilarli ortib bordi. Deyarli 40 % ga yaqin budjet daromadlari to‘g‘ri soliqlardan kelib tushadi. Bularning tarkibida asosiy o‘rinni daromad solig‘i (jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq) egallaydi. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq umumiy budjet daromadining 18—21% ini tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinni to‘g‘ri soliqlar tarkibida aksioner kompaniyalarning foydasiga solina- digan soliq (korporatsiya solig‘i) egallaydi. Budjetning soliq daromadlari tarkibida bu to‘lov 8 % dan 10 % gachani tashkil qiladi. Aksioner kompaniyalarning foyda- siga solinadigan soliq salmog‘ining pasayib borishiga asosiy sabab, yengilliklar berish tizimining kengayishi hisoblanadi. Fransiya korxonalari korporatsiya solig‘i bo‘yicha, asosan, ikki turdagi yengilliklardan foydalanadi: a) asosiy kapitalga nisbatan tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash; b) soliq kreditlari berish. Soliq krediti l982-yili kiritilgan va l983-yil l-yanvardan boshlab qo‘llaniladi. Ilmiy tekshirish ishlariga qilinadigan xarajat kredit olish huquqini beradi. Ilmiy tekshirish ishlarining xarajati o‘tgan yilgidan oshib ketsa, unga 50 % hajmda kredit beriladi. Download 4.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling