Mustaqil ish Topshirdi: M. Farhadova Qabul qildi: M. Durdiyeva


MTTda huquqiy tarbiya. Bolalar huquqlarini himoya qilish Konventsiyasining mazmuni va vazifalari


Download 0.94 Mb.
bet7/26
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1040037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
munira

MTTda huquqiy tarbiya. Bolalar huquqlarini himoya qilish Konventsiyasining mazmuni va vazifalari.
“Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ning asosiy vazifalari:
- Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng huquqlilik, jamiyat a'zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr- qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;
- Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmatiga bo'lgan ishonchlarini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat'iy nazar o'z huquq va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini ta'minlaydi;
- Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlashni, ularning farovonligi masalalariga e'tibor qaratadi;
- Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va tug'ilgandan keyin ham munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;
- Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.
Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:
- “18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan bo'lishlari shart" - deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.
- Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota- onasi yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab beradilar. Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radilar.
- 3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi navbatda e'tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi yoki vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni oladilar, qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni himoya qilish uchun mas'ul hisoblanga vakolat organlari tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlarga, xususan xavfsizlik va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.
- 4-modda - Iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquqlar imkoniyatlaridan foydalanish.
- 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi va ularning bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta'minlashi lozim.
- 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta'minlashga majbur. - 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday huquqlarni o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiradi. Har bir bola o'z ismiga, millafiga ega bo'lishi hamda o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega. Bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir.
- 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini, oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.
- 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota- onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bog'lab turish huquqini hurmat qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.
- 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari shu davlat tomonidan ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar bog'lab turish huquqiga egadir.
- 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda ko'chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani chegara ortida ota onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab turgani yoki bolalarni o'g'irlagani uchun jazo berishi va ularning oldini olishi shart.
- 12-modda - Bolaga taalluqli bo'lgan barcha masalalar bo'yicha erkin fikr bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi shart.
- 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy nazar ularni qiziqtiruvchi ma'lumotlarni olish hamda o'z nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini, aholining sog'lig'i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
- 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning bolaga, uning rivojlanayotganqobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqiga egadirlar.
- 15-modda - Bolaning assotsiatsiya yig'ilishlar huquqini, ya'ni bolalar boshqalar bilan uchrashish huquqiga, tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish huquqiga egalar.
- 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- ligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyli- giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas. Bola qonun yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
- 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeyini e'tirof etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo'lishini ta'minlaydi, salbiy ta'sir qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.
- 18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy bir xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning predmeti hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi va bolalar muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo'ljallangan xizmatlar hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish huquqi beriladi.
- 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning, haqoratlash va suiiste'molliklar, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g'amxo'rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste'molliklarga qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora- tadbirlarni ko'radi. Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni himoya qilish dasturlarini ishlab chikishi zarur.
- 20-modda - Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo'lgan bolalar o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil oilalarga va maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.
- 21-modda - Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega bo'linsa, buni faqat bola manfaatlari to'liq e'tiborga olingan holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.
- 22-modda - Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq statusini olmoqchi bo'lgan bolalar maxsus himoyaga loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining boshqa a'zolarini izlashda, o'z oilasi bilan qo'shilishi uchun barcha zaruriy choralarni ko'radi.
- 23-modda - Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o'zining qadr-qimmatini ta'minlaydigan, o'ziga ishonch tug'diradigan, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to'laqonli hamda munosib tarzda yashash huquqiga ega. O'ziga nisbatan alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab qilish huquqi beriladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling